Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-10 07:01:07
#Imtiyozlar #ShartnomaPuli

Talabalar kontraktini to‘laganda 12% pul qaytarib beriladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:

fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Bu imtiyoz qaysi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:

professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
oliy ta’lim talabalariga.

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
10.6K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:01:18
Xotira mangudir, qadr muqaddas!

Sirojiddin Sayyid - 450 000 Lola

#9May #XotiraVaQadrlashKuni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:38:13
#Grant #Buyuk_Britaniya #Tibbbiyot

Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yo‘nalishida onlayn o‘qish uchun to‘liq grant

Talablar:
Dasturga O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishlari mumkin.
Grant 2023-2024-o‘quv yilida Edinburg universitetida magistraturani onlayn ta’lim shaklda boshlay oladigan talabalar uchun ajratiladi.

Foydali tomonlari:
Dastur bo‘yicha kontrakt puli to‘lab beradi;

Oxirgi muddat: 21.08.2023

BATAFSIL

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views08:38
Ochish/sharhlash
2023-05-08 22:59:23
#9May #XotiraVaQadrlashKuni

9-May — Xotira va qadrlash kuni

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovi.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
7.7K views19:59
Ochish/sharhlash
2023-05-08 18:01:30
#YangiAvlod

Iqtidorli va bilimga chanqoq barcha o’g’il-qizlarni Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yangi avlod” forumi to‘garaklariga taklif qilamiz!

To‘garaklar quyidagi:

Aniq fanlar;
Ingliz tili;
Rus tili;
Rassomchilik;
Robototexnika;
Shaxmat;
Raqs;
Vokal;
Teatr aktyorligi;
Mohir qo‘llar;
Milliy cholg‘ularni chalish kabi yo‘nalishlarda olib boriladi.

Manzil: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi 69-uy.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-05-08 11:21:52
#XotiraVaQadrlashKuni

Urush qatnashchilari e’zozlanmoqda

“9-May — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan urush yillarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurtdoshimiz Jumaqul bobo Qulliyevning xonadoniga borib, ehtirom ko‘rsatishdi.

Jumaqul bobo Qulliyev umrining eng kuchga to‘lgan yillarini jang maydonlarida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Davr mashaqqati, undagi qiyinchiliklar Jumaqul boboni ham chetlab o‘tmadi. Ammo u yigitlik burchidan chekinmadi, aksincha Vatan himoyasida sobit turdi. Bugun yurtimizda Jumaqul bobo singari o‘z vatani tinchligini ta’minlashga hissa qo‘shganlarga alohida hurmat, e’zoz ko‘rsatilmoqda.

Uchrashuvda Jumaqul bobo urush xotiralari, boshidan kechirgan mashaqqatlari haqida talabalarga so‘zlab berar ekan, yoshlarni bugungi tinch va xotirjamlikning qadriga yetishlarini so‘radi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.1K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-04-27 11:19:15
#Imtiyozlar

3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

http://bit.ly/BazaviyTarifStavkalari

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
839 views08:19
Ochish/sharhlash
2023-04-26 18:45:54
#Oʻzbekistonlik

Xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan vatandoshlar haqida hikoya qiluvchi filmning yangi qismini tomosha qiling!

“O‘zbekistonlik” filmining uchinchi qismi hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tib, muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar hikoyasining mantiqiy davomidir.

Strasburg filarmonik orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Shohakimov hamda Shell kompaniyasi IT arxitektori Madina Berdiyeva oʻzlarining muvaffaqiyat sari bosib oʻtgan yoʻllari va vatandan uzoqda boʻla turib oʻzlari yengib oʻtgan qiyinchiliklari haqida hikoya qiladi.

Filmni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:





Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.5K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:25:55
#YangiFarmon

Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

http://bit.ly/PrezidentFarmoni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
6.4K views14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:53:32
#YoshlarSayli #Qashqadaryo

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining “Qaynar” mahallasida “Inson qadri ulug‘langan qomus” shiori ostida bayram sayli bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayl doirasida bir qator milliy sport musobaqalari o’tkazilib munosiblar taqdirlandi.

Markaziy sahna atrofida to‘plangan bir necha o‘n minglab yurtdoshlarimiz elimiz ardog‘idagi san’atkorlarimiz, estradamizning yorqin yulduzlarining ajoyib ijod na’munalaridan bahramand bo‘lishdi.

Mega shou ajoyib mushakbozlik bilan yakunlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.7K views09:53
Ochish/sharhlash