Get Mystery Box with random crypto!

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilis | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi, vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, – deyiladi bayonotda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook