Get Mystery Box with random crypto!

#Ajdodlar_izidan #Xorazm Xorazmda “Ajdodlar izidan” intelle | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Ajdodlar_izidan #Xorazm

Xorazmda “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin viktorina shaklida tashkil qilinib, jamoalar buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi kitoblar asosida tayyorlangan savollarga javob berishdi.

Eng yuqori natijalarni qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom hamda kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook