Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovat | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qarorga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi, hamda Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari doimiy tarzda har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Guliston davlat universitetida Yoshlar Kengashi a’zoligi hamda fakultet koordinatorligiga ariza bilan murojaat qilgan nomzodlar uchun uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Yoshlar Kengashi a’zoligi hamda fakultet koordinatorligiga 30 dan ortiq talaba-yoshlar ariza bilan murojaat qilishgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook