Get Mystery Box with random crypto!

#memorandum #saylov Xorazm viloyatidagi xususiy oliy ta'lim | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#memorandum #saylov

Xorazm viloyatidagi xususiy oliy ta'lim muassasalarida boshlang'ich tashkilotlar faoliyati tashkil qilinmoqda.

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti va Urganch innovatsion universitetlari o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Endilikda mazkur oliy ta'lim muassasalari bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu oliy ta’lim muassasalarida ham Boshlang‘ich tashkilotning ta‘sis yig'ilishi o'tkazilib, universitetlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ovozga qo'yildi. Yoshlar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko'ra universitet Boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi va yo'nalish kordinatorlari saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook