Get Mystery Box with random crypto!

#Memorandum #YoshlarIttifoqi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Memorandum #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi hamda University of Business and science o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Hamkorlik doirasida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish, oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar muammolarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish, yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallashiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish bo'yicha ham memorandumda belgilab o‘tildi.

Universitetning rivoji va kelajakdagi loyihalarini rivojlantriish yo‘lida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha viloyat Kengash raisi va universitet rahbariyati ikki tomon birgalikda harakat qilishlarini kelishib olishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook