Get Mystery Box with random crypto!

Ishkal! Qatar Ekvador futbolchilariga pora berdimi? | Futbolchilar

Ishkal! Qatar Ekvador futbolchilariga pora berdimi?

Qatar Ekvador terma jamoasiga pora bergan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda jurnalist, siyosiy tahlilchi va Britaniya Yaqin Sharq tadqiqotlari markazining mintaqaviy rahbari Amjad Taha ma’lum qildi.
“Qatar o‘yinda mag‘lub bo‘lishlari uchun ekvadorlik 8 ta futbolchiga 7,4 million dollar pora berdi (0:1, 2-taymda gol). Buni Qatar va Ekvadordan besh nafar insayder tasdiqladi.
Umid qilamizki, bu yolg‘on xabar. Ushbu ma’lumotlarning tarqalishi natijaga ta’sir qiladi deb umid qilamiz. Dunyo FIFA korrupsiyasiga qarshi turishi kerak”, - deb yozdi Taha tvitterda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnir 20 noyabrdan kuni Qatar – Ekvador uchrashuvi bilan ochiladi.
-