Get Mystery Box with random crypto!

Bellingem uchun poygada 'Liverpul' yetakchi | Futbolchilar

Bellingem uchun poygada "Liverpul" yetakchi

“Liverpul” ayni damda Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun favorit hisoblanadi.
ESPN xabariga ko‘ra, “qizillar” futbolchi uchun kurashda “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Real”dan o‘zib ketgan.
Gap shundaki, “Liverpul” futbolchining muhiti bilan yaxshi munosabatlarni shakllantira oldi.
Eslatib o‘tamiz, nemis klubi futbolchi uchun 150 million yevro olishni kutmoqda.
Bellingem joriy mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-