Get Mystery Box with random crypto!

Rabio: 'Pogba mendan JCH-2022da xuddi 'Yuventus'dagi kabi o‘yn | Futbolchilar

Rabio: "Pogba mendan JCH-2022da xuddi "Yuventus"dagi kabi o‘ynashimni so‘radi"

Fransiya terma jamoasi va “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adryen Rabio Pol Pogbaning jahon chempionati oldidan bergan ko‘rsatmalari haqida gapirdi.
"Pogba barchamizni ruhlantirdi va shaxsan mendan "Yuventus"dagi kabi o‘zimni terma jamoada ko‘rsatishimni so‘radi. Bunday muhim turnirda yetakchi bo‘lish imkoniyatim bor. Balki bu burilish nuqtasi bo‘lar", - deya 27 yoshli yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Adryen Rabio Fransiya terma jamoasi safida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. Futbolchi “Yuventus” tarkibida joriy mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
-