Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.42K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🍏 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-15 08:20:46 QULUPNAY SARATONDA YORDAM BERADI

Qizilo'ngach saratoni, oshqozon osti bezi saratoni kabi eng halokatli tashxislardan biri hisoblanadi. Kasallik tashxisidan so'ng 5 yil umr ko'rgan bemorlar 20% dan kam, 80% dan ortigʻi esa oʻsha vaqtgacha bormas ekan.

Bunday daxshatli statistika bizni bu kasallikni oldini olish, shuningdek, uning rivojlanishini iloji boricha tezroq to'xtatish va qaytarish haqida o'ylashimiz kerakligiga majbur qiladi.

Bu borada olimlar rezavorlar bilan tajriba o'tkazishga qaror qilishdi. Qulupnay kukuni qizilo'ngach saratoniga hos ayrim o'zgarishlarga ega bo'lgan bemorlarga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan klinik tadqiqotda, bemorlar yarim yil davomida har kuni 30-60 gramm muzlatilgan, quritilgan qulupnayni kukun shaklida iste'mol qildi (bu 400 gr tabiiy qulupnay miqdoriga to'g'ri keladi).

Tadqiqotning barcha ishtirokchilariga boshlang'ich yoki o'rta bosqichdagi saraton oldi holati tashxisi qo'yilgan edi, ammo ajablanarlisi shundaki, 80% hollarda kasallikning regressiyasi (ortga chekinishi) qayd etildi.

Saraton oldi o'zgarishlar esa kamroq aniqlangan yoki butunlay yo'qolgan. Ko'p miqdorda qulupnay iste'mol qilganlar guruhidagi ishtirokchilarning yarmi davolanishdan so'ng sog'ayib ketishgan.

Qulupnay mavsumida toʻyib olish kerak. Bu yegulik antioksidantlarga va vitamin “C”ga juda boy. Faqat allergiyasi bor kishilar ehtiyot boʻlgani yaxshi, sababi tarkibidagi psevdoallergen — tiramin moddasini koʻp kirishi allergiya chaqirishi mumkin.

@taomlanish_ilmi
5.5K views05:20
Ochish/sharhlash
2024-05-14 17:06:13 KETO-DIYETAni soʻraganlar uchun
Oʻqib chiqishingiz mumkin

OZISHDA insulin va gen ahamiyatsiz
SHIRINLIKSIZ ozmang
KETO-DIYETA nima oʻzi?
KETO-DIYETA qanday ozdiradi?
KETO-DIYETA ozishda eng afzalimi?
KETO-DIYETA kimlarga mumkin emas?
KETO-DIYETANI nojoʻya ta’sirlari
KETO-DIYETAGA shaxsiy fikrim
SEMIRISH uglevodlarga bogʻliq emas
SHIRINLIKLAR ozishga yordam beradi
SHAKAR semirtirmaydi

@taomlanish_ilmi
5.2K views14:06
Ochish/sharhlash
2024-05-14 13:38:49
Shirinliklarga boʻlgan talabni yoʻq qilish? Biroz tushunarsiz savol!

Nima maqsadda yoʻq qilmoqchisiz? Ozish uchun boʻlsa bu harakatlar befoyda ekani isbotlanganiga 10,000 yil boʻldi.

Organizmga uglevodlar kerak. Kerak boʻlganda ham, kunlik kaloriyani 55% ini tashlil qilish kerak, boʻlmasa muammo paydo boʻladi.

55% degani, masalan oʻrtacha statistik odam kunda 1600 kkal qabul qilsa, shuni 800 kkal’i uglevodlarga toʻgʻri kelishi kerak.

"The Lancet" jurnalida e’lon qilingan 432179 kishi o'rtasida o'tkazilgan, keng ko'lamli tadqiqotda uglevodlarni iste'mol qilish va o'lim o'rtasida bog'liqlik aniqlangan.

Tadqiqot natijasiga koʻra kunlik ratsionda 40% dan kam yoki 70% dan yuqori miqdorda uglevod iste'mol qilganlarda, shularni o'rtasidagi miqdorni, ya'ni 50-55% uglevod qabul qiladiganlarga nisbatan o'lim xavfi bir necha barobarga ortgan.

Manba: https://www.thelancet.com/journals/lanpub/article/PIIS2468-2667(18)30135-X/fulltext

"Shirinliklar yesam bo'lar ekanda?" deyishingiz mumkin? Albatta, nafaqat mumkin balki shart! Faqat me’yorni unutmang!

@taomlanish_ilmi
5.6K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2024-05-06 17:25:49
20:00 da koʻrish mumkin boʻladi!
Bu videoni quloqchinlarda yoki kolonkada koʻrish tavsiya qilinadi!

Premyerasi Youtube kanalimda
https://youtube.com/@doctorferuz

@doctorferuz
7.8K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-05-06 11:44:51 Arzon narsa qimmat boʻlib ketdi,
Qimmat narsa arzon boʻlib ketdi…


Shunday mahsulotlar borki, bozorda arzimagan narxga olishingiz mumkin. Lekin shu mahsulotlar tarkibidan gigant kompaniyalar kerakli (qimmatli) moddani ajratib oladida, yaxshigina summaga pullashadi.

Huddi shunday mahsulotlardan biri haqida video olgan edik, bugun tayyor boʻladi, kechga Youtube’ga joylaymiz.

Shu birgina mahsulot bilan koʻplab muammolarni bartaraf qilishingiz mumkin, jumladan:
- kamqonlikni
- qabziyatni
- gepatoz va jigar sirrozini
- jinsiy zaiflikni va hokazo…
Bundan tashqari qarilikni tezlashtirishga javobgar genlarni bloklaydigan moddalarni ham oʻzida saqlaydi. Bu esa uzoq yillar yosh koʻrinishingiz, a’zolar ham yosharishi mumkin degani.

20:00 da premyerasi boʻladi!

@taomlanish_ilmi
9.3K views08:44
Ochish/sharhlash
2024-05-05 17:59:34 Taomlanishga oid qanday savollaringiz bor?

Pastda yozib qoldiring! Koʻpchilikka foydali boʻladigan va qiziq savollarga post shaklida javob berib boraman.

@taomlanish_ilmi
8.4K viewsedited  14:59
Ochish/sharhlash
2024-05-05 13:27:53
Kanal avatarkasi yana oʻzgaradigan boʻldi. Shunga koʻzni oʻrgatasizlar endi

Bundan keyin tez-tez foydali postlar chiqarishga harakat qilamiz.

@taomlanish_ilmi
8.8K viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2024-05-02 07:19:58
Shirin gazli ichimliklarni “foydasi”

Muntazam ichib yuradigan yaqinlaringizga yuboring)

@taomlanish_ilmi
15.5K viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2024-04-30 14:47:29
@taomlanis_ilmi logosi o'zgardi...
12.3K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2024-04-24 15:32:39 Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim holamga.
-Hola, hola kulcha ber!
Holam dedi: -Oʻtin ter!


E’tibor bersam, shu she’rdan ovqatlanishda yaxshi odatlarni shakllantirish uchun nozik uslub bor ekan. Tahlil qilib beraman.

1. Jiyani holasidan kulcha soʻraganda “mana, ol” demayapti, balki kulchaga ega boʻlish uchun mehnat qilish kerakligini buyuryapti.

2. Kulcha bu uglevod. Holasi jiyaniga kulcha yesang semirib ketasan demayapti. Kulcha yeb ham semirmaslik uchun ozgina energiya sarflash kerakligini aytyapti, chunki oʻtin terib kelguncha bitta kulchalik energiyani sarflab qoʻyadi.

3. Mehnat qilib erishilgan yegulikni qadri boshqacha va mazasi shirin boʻladi. Bu bilan oʻsha yegulikka toʻyish (qanoat) hissi paydo boʻladi. Yeb toʻymaslikni eng asosiy sabablaridan biri — taomni mazasini bilmaslikda.

Farzandlar “kooonfeeet” desa biz shartta beramiz, bu toʻgʻri emas. Lekin cheklash ham kerak emas, shunchaki soʻraganiga erishish uchun qandaydir foydali mehnatga undash mumkin. Masalan, “Mana shu ishni qilsang konfet beraman” kabi…

Keyingi safar konfet yegisi kelsa oldida 2 ta yoʻl boʻladi:
1) konfet yeyish uchun mehnat qilish kerak.
2) mehnat qilgisi kelmasa konfet yemasligi kerak.

Mana shu ongli tanlov! Shu yoʻl bilan farzandlarga ovqatlanishida “katta odam” shaxsiyat strukturasini shakllantirishimiz mumkin.

@doctorferuz
14.3K views12:32
Ochish/sharhlash