Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.06K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🧠 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-01-25 14:52:06 — Ozishda;
— Insulinrezistentlikni davolashda (hujayralarni insulinga sezgirligini oshirish);
— Qondagi glyukozani koʻtarilib ketishini oldini olishda;
— Ayollardagi menstrual sikl buzilishiga sabab boʻluvchi tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda;
— Ishtahani kuchli ochilib ketishini oldini olishda hech qanday cheklovsiz hayotimizga bitta odatni qoʻshish orqali erishishimiz mumkin!

Qanday odat ekani qiziq boʻlsa reaksiya qoldiring)

@taomlanish_ilmi
13.6K views11:52
Ochish/sharhlash
2024-01-18 07:32:15
OʻPKALARIM MENI KECHIR…

Poytaxt havosi “tozaligi” sabab qancha nafas olsam ham toʻymayapman. Oʻpkalar bu ketishda kislorodga emas qumga toʻladi… Mayli, nima boʻlsa boʻldi, boʻladi. Toshkent havosiga filtr qoʻya olmaymiz baribir.

Undan koʻra quyida 3 ta tavsiya beraman. Ularga amal qiling, keyin rahmat aytarsiz oʻzingizga (amal qilganingiz uchun).

1. Organizmga kirayotgan chang zarralarini tezroq chiqib ketishi uchun suyuqlik ichishni koʻpaytiring.

2. Organizm kurashuvchanligini oshirish, toksinlarni (chang) zararsizlantirish uchun kunda 0,5-1 stakan qatiq iching.

3. Oʻpkadagi changlarni chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmang. Ya’ni ozgina boʻlsada yoʻtalgingiz kelsa yoʻtaling. Chunki bu vaqtda nafas olish tizimi oʻzini tozalash uchun yoʻtal refleksini chaqiradi.

Chang havodan nafas olib yurgan yaqinlaringizga yuboring)

@doktorferuz
16.2K views04:32
Ochish/sharhlash
2024-01-17 08:07:00
Doim iste’mol qilish kerak boʻlgan 13 mahsulot

1. Yongʻoq va urugʻlar
2. Koʻkatlar
3. Mevalar
5. Yogurt yoki qatiq
6. Loviya
7. Suli yormasi
8. Tuxum
9. Baliq
10. Yasmiq yoki noʻxat
11. Sirka
12. Arab xurmosi
13. Asal

@taomlanish_ilmi
14.0K views05:07
Ochish/sharhlash
2024-01-16 10:06:24
QORA SHOKOLAD FOYDALARI

Qora shokolad antioksidantlar va minerallarga. Bu xususiyatni unga kakao beradi. Qora shokolad deganda tarkibida kamida 75% kakao saqlashi kerak. Qadoq ustiga yozilgan boʻladi va 75—99% gacha turlari bor.

FOYDALARI:

Yuqori sifatli shokoladni tez-tez isteʼmol qilish axborotni qayta ishlash qobiliyatini, fikrlashni, ishchi xotirani yaxshilaydi.

Shokolad tarkibidagi flavonoidlar miyani tezroq ishlashiga yordam beradi va matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni yengillashtiradi.

Kakao magniy (Mg) elementiga boy. Bu esa tinchlantirish, qon bosimini tushirish va boshqa ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi.

Foydali ekan deb koʻp iste’mol qilish kerak emas. Kunda 50 grammgacha yetarli boʻladi.

@taomlanish_ilmi
13.3K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2024-01-08 13:19:40
KLETCHATKA qanchalik muhim?

Kletchatka — bu oʻsimliklar tarkibida mavjud boʻlgan murakkab uglevod yoki ovqat tolasidir.

Foydalari:
✓ Xolesterin va qondagi qand miqdorini kamaytiradi;
✓ Yurak xastaliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi;
✓ Ishtahani pasaytiradi va ovqatga hajm beradi;
✓ Immunitetni mustahkamlaydi;
✓ Magniy va kalsiyni qayta ishlab, soʻrilishiga yordam beradi.

Kletchatka manbalari: barcha koʻkatlar, mevalar, sabzavotlar va don mahsulotlari.

@taomlanish_ilmi
14.2K views10:19
Ochish/sharhlash
2024-01-05 19:13:57
Betoblikda qanday taomlanish kerak?

1. Oqsilga boy mahsulotlarni koʻp-koʻp isteʼmol qiling! Organizmda shakllanadigan antitanachalar oqsildan tashkil topgan, ularni koʻp miqdorda ishlab chiqarish uchun oqsil nihoyatda zarur.
Oqsilga boy: goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, tvorog, pishloq.

2. Vitaminga boy mahsulotlarni ratsionda koʻpaytiring. Ular kasallikdan tez qutulib, tezroq tiklanishga yordam beradi.
Vitaminlar manbasi: meva va sabzavotlar, don mahsulotlari.

3. Suyuqlik koʻproq iching, u boʻlishi mumkin choy, ilitilgan mineral suv, limon, naʼmatak damlamalari. Infeksiya va uni zaxrini organizmdan tezroq yuvilishida yordam beradi.

4. Nimadir yegingiz kelsa oʻshani isteʼmol qilishga harakat qiling, bunday vaqtda organizm oʻziga nima kerakligini yaxshi biladi.

@taomlanish_ilmi
14.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-01-03 14:14:27
​​Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hovuch xurmo boʻlsa ham kechki taomni yeyishni buyurib: “Kechki ovqatni tark etish qaritadi”, der edilar. 

Termiziy va Ibn Moja oʻz hadis toʻplamlarida Abu Naimdan Rasululloh alayhissalomning ovqat yeb uxlashdan qaytarishlari va bu esa qalbni qotirish haqidagi hadisni zikr etganlar.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabobati” kitobidan.

Demak, kechki taomni tark qilish kerak emas va juda kech taomlanish ham kerak emas. Uxlashdan 3-4 soat oldin yeyilgani eng afzali.

@taomlanish_ilmi
12.9K views11:14
Ochish/sharhlash
2023-12-31 16:12:27 BUGUN OSHOQOZONGA OGʻIR KELADIGAN KUN

“Oshqozonim meni kechir” deb bosvorishdan oldin quyida oddiy ketma-ketlikni eslatib oʻtaman, qoʻllab koʻring:

— dastlab ikki stakan suv yoki shuncha miqdor choy ichib oling.
— dasturxonga mevalarni kesib qoʻying va shundan boshlang.
— endi navbat salatlarga.
— salatdan keyin ovqat yeyishni boshlasa ham boʻladi. Ovqatni salat yoki koʻkatlar bilan yeyish afzal.

Shirinliklarni ovqatdan oldin yeyish kerak deganim bilan baribir keyin yeysiz. Yaxshisi ovqatdan kamida ikki, boʻlmasa uch soat oʻtib yesangiz boʻladi.

@taomlanish_ilmi
@doktorferuz
13.3K views13:12
Ochish/sharhlash
2023-12-30 11:04:26
Shamollashda — Naʼmatak (shipovnik) iching

Naʼmatak oʻzida koʻplab vitaminlar saqlaydi, ayniqsa vitamin C miqdori boʻyicha yetakchilik qiladi (limonga nisbatan kamida 20 barobar koʻp).

Yuqumli kasalliklar mavsumida tez-tez naʼmatak damlamasini ichib turish tavsiya qilinadi.

Qoʻllanilishi:
— avitaminozda
— kamqonlikda
— immunitet sustligida 
— shamollash kasalliklarida
— gripp va OʻRI’larda

Tayyorlanishi: 10–12 ta quruq mevasini 0,5 litr suvda bir qaynab chiqqandan keyin damlab qoʻyiladi. 
Iliq holda kun davomida ichiladi. Asal qoʻshib ichsa yanada yaxshi!

@taomlanish_ilmi
13.1K views08:04
Ochish/sharhlash
2023-12-23 14:53:50 Youtube'ga video joyladik, albatta ko'ring! Like bosish va komment qoldirish esdan chiqmasin.








Ogohlantiraman, bu videodan keyin ozish jarayoni boshlanib ketishi mumkin.
14.2K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash