Get Mystery Box with random crypto!

Shirinliklarga boʻlgan talabni yoʻq qilish? Biroz tushunarsiz | Taomlanish ilmi

Shirinliklarga boʻlgan talabni yoʻq qilish? Biroz tushunarsiz savol!

Nima maqsadda yoʻq qilmoqchisiz? Ozish uchun boʻlsa bu harakatlar befoyda ekani isbotlanganiga 10,000 yil boʻldi.

Organizmga uglevodlar kerak. Kerak boʻlganda ham, kunlik kaloriyani 55% ini tashlil qilish kerak, boʻlmasa muammo paydo boʻladi.

55% degani, masalan oʻrtacha statistik odam kunda 1600 kkal qabul qilsa, shuni 800 kkal’i uglevodlarga toʻgʻri kelishi kerak.

"The Lancet" jurnalida e’lon qilingan 432179 kishi o'rtasida o'tkazilgan, keng ko'lamli tadqiqotda uglevodlarni iste'mol qilish va o'lim o'rtasida bog'liqlik aniqlangan.

Tadqiqot natijasiga koʻra kunlik ratsionda 40% dan kam yoki 70% dan yuqori miqdorda uglevod iste'mol qilganlarda, shularni o'rtasidagi miqdorni, ya'ni 50-55% uglevod qabul qiladiganlarga nisbatan o'lim xavfi bir necha barobarga ortgan.

Manba: https://www.thelancet.com/journals/lanpub/article/PIIS2468-2667(18)30135-X/fulltext

"Shirinliklar yesam bo'lar ekanda?" deyishingiz mumkin? Albatta, nafaqat mumkin balki shart! Faqat me’yorni unutmang!

@taomlanish_ilmi