Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.06K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🧠 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-10-07 06:25:24
Kuz faslining TOP–5 mahsuloti

Ushbu mahsulotlar kuzgi gipovitaminozni yengishga va tanamizni barcha kerakli ozuqa moddalar bilan toʻyintirishga yordam beradi.

Qovoq — tarkibida kuchli antioksidant xususiyatiga ega boʻlgan beta-karotin mavjud boʻlib, u tananing normal ishlashiga yordam beradi. 

Olma — flavonoidlarga boy, bu oksidlovchi moddalar stress rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Lavlagi — kletchatkaga boy hamda yurak xastaliklari va qon bosimi ortishini oldini oluvchi betain moddasi mavjud.

Klyukva — vitamin va minerallarga boy.

Xurmo — C, A vitaminlari shuningdek kletchatka, kaliy va fosfor manbai hisoblanadi.

@taomlanish_ilmi
16.3K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-10-04 10:13:41 Tabibga ishim tushmasin desang...

Moʻminlar amiri Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) oʻgʻli Imom Hasanga aytdilar:

“Ovqatlanishga faqat och qolganingda oʻtir, ovqatdan toʻymasingdan oldin turib ket, ovqatni yaxshi chayna, uxlamoqchi boʻlsang, oldin hojatga borib kel. Agar shunga rioya qilsang, tabibga ishing tushmaydi”.

"Arab hikmatlari" kitobidan

@taomlanish_ilmi
13.9K views07:13
Ochish/sharhlash
2023-09-30 10:43:32 USTOZ BO'LMASA

Mirzo Kenjabek she'ri. @M_Kenjabek
O'qidi: Kamronbek Samarqandiy.

@taomlanish_ilmi
13.6K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-09-25 21:34:39 VAGINAL KANDIDOZ
Taomlanish orqali yechim...

Ma'lumot uchun: Vaginal kandidoz — ayollar jinsiy a'zosida (qini) Candida zamburug'larini ko'payishi natijasida yuzaga keladigan holat bo'lib — jinsiy a'zoni achishishi, qichishishi, og'riqlar, oq rangli ajratmalar (videleniya) hosil bo'lishi bilan boradi.

Yuqorida yozganimdek, odatda shirinlikxo'r ayollarda Candida turidagi zamburug'lar o'sib ketadi va kandidoz kasalligi rivojlanishi mumkin.

DEMAK, TAOMLANISH ORQALI QANDAY DAVOLASH MUMKIN?

1. Shirinliklar iste'molini me'yorigacha tushirish va hattoki undanda kamaytirish orqali bu kasallikni yengish mumkin.

2. Ratsionda probiotiklarni ko'paytirish. Probiotiklarga: tuzlamalar, marinadlangan sabzavotlar, qatiq, tvorog, pishloq, sirka, kvas kiradi. Yoki dorixonadan probiotiklar olib ichib yurish mumkin.

3. Achitqi zamburug'idan qilingan kepakli nonlar ham juda katta yordam beradi.

TUSHUNTIRISH:
• Shirinliklar iste'molini kamaytirish orqali Candida zamburug'ini o'sishini oldini olasiz.
• Probiotiklarni ko'p iste'mol qilish — normal mikroflorani tiklaydi va patogen turdagi infeksiyalar bilan kurashishga yordam beradi.
• Achitqi zamburug'i Candida zamburug'iga qarshi kurash olib borish (yashash/joy uchun kurash) xususiyatiga ega.

@doktorferuz
16.8K views18:34
Ochish/sharhlash
2023-09-23 23:23:28 ALLERGIYAGA SHAKARNI QANDAY ALOQASI BOR?

Allergiyasi borlarga ko'pincha allergologlar tomonidan shakar iste'moli ta'qiqlanadi. Lekin bemorlar shakarni yeyishda davom etaveradi.

Nimaga? Chunki shakarni allergik kasalliklar rivojlanishidagi ahamiyati shifokor tomonidan bemorlarga tushuntirilmaydi. Biz insonlar shunaqa, agar mohiyatini tushunmasak, qayta-qayta bir xatoni takrorlashimiz mumkin.

Ho'sh? Nima uchun allergiyasi borlar shakar iste'molini kamaytirishi yoki ta'qiqlashi kerak?

Agar shakarni ko'p iste'mol qilsak, ichaklarimizda Candida turidagi zamburug'lar miqdori ortib ketadi. Ya'ni ular butun ichaklar bo'ylab o'sib ketadi. Candida zamburug'larini mitseliysi (soxta oyoqlar) bo'lib, ular ichaklar devori ichiga o'sib kirish xususiyatiga ega.

Qanchalik Candida zamburug'i ichaklarda ko'p bo'lsa, shunchalik ularni ichaklarga o'sib kirishi kuchayadi, natijada ichak devorlarini butunligi buziladi ("ilma-teshik" ichak).

Qanchalik ichak devorini butunligi buzilib boraversa — iste'mol qilingan oqsillar to'liq hazm bo'lishga ulgurmasdan (aminokislotlargacha parchalanmasdan) ichaklardan qonga so'rilish miqdori ortadi.

Agar qonga oqsillar to'liq parchalanmasdan so'rilsa bu immun tizimimiz uchun yot (begona) modda sifatida qaraladi va unga qarshi kurash e'lon qiladi. Natijada allergiya rivojlanadi. Mana nima uchun allergiyasi borlar shakar yemasligi kerak.

Allergiyasi borlarga xushxabar! Odatda allergiyasi borlar saraton kasalligiga chalinmaydi. Sababi, ularni immun tizimi giper-reaktiv, bu degani — saraton hujayralari paydo bo'lishi bilan immun tizim ularni zudlik bilan nobud qiladi.

@doktorferuz
15.3K views20:23
Ochish/sharhlash
2023-09-16 14:38:10
Ozishga shoshilmang! Balki sizning hozirgi vazningiz o'zingizga mosdir? Buni qanday aniqlash mumkin?

Ortiqcha vazn bor-yo'qligini aniqlashning bir-nechta usullari bor:

TMI ko'rsatgichi;
Bel aylanasi;
Vazn formulalari.

Bu haqida batafsil YouTube kanalimdagi yangi videoda gapirib berdim. Tomosha qiling



14.4K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2023-09-15 12:33:33
Organizmda suv yetishmasligi ruhiy buzilishlarni keltirib chiqaradi

Hatto ozgina suvsizlanish ham kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi.

Bir ilmiy tajribada, odatda kun davomida oz miqdorda suv ichgan ishtirokchilar, suv miqdorini oshirganda, oʻzlarini yaxshi his qilishgan.

Suyuqlik yetishmovchiligi metabolik jarayonlarning sekinlashishi bilan bogʻliq. Atigi 1,5% ga suvsizlanish aqliy jarayonlarning yomonlashishiga, shuningdek immunitetning pasayishiga olib keladi.

Kayfiyatni koʻtarmoqchi boʻlsangiz suv iching!

@taomlanish_ilmi
16.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-09-14 08:50:48
SMETANA jigar kasalliklarini oldini oladi

100 gramm smetana xolin moddasining kunlik ehtiyojini deyarli toʻrtdan bir qismini oʻzida saqlaydi.

U gepatoprotektor (jigarni tiklash) xususiyatga ega, giyohvand moddalar, viruslar, alkogolning toksik taʼsiri ostida zararlangan jigar toʻqimalarining tizimli tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishini oldini oladi.

Shuning uchun smetana nafaqat mazali, balki foydali hamdir.

Smetanani yaxshi koʻradiganlar bormi?

@taomlanish_ilmi
13.8K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-09-07 06:31:53 Ertalab och qoringa suv ichish juda foydali

Qandli diabet, gormonal disbalans, artrit, aritmiya, migren, buyrak yetishmovchiligi, qabziyat kabi muammolardan xalos boʻlishga yordam beradi.

✓ Ertalab bir stakan suv ichaklarni harakatga keltiradi, oshqozon osti bezi va oshqozon ishini normallashtiradi.
✓ Uygʻonganingizdan soʻng bir stakan toza suv iching. Hojatdan soʻng yana 1 stakan suv iching, keyin nonushta qiling.

@taomlanish_ilmi
16.5K views03:31
Ochish/sharhlash
2023-08-22 23:43:05 Go'shtni (mol/qo'y/parranda) sutkalik me'yori — har bir kilogramm tana massasiga maksimum 3 grammgacha bo'lishi kerak.

Rostdan ham biz "go'shtni ko'p yeyapmiz"

Har-harda boshqa kunlar uchun ham go'shtni ko'proq yeb qo'ysangiz "nichego", faqat ko'katlar bilan bo'lsin.

@taomlanish_ilmi
17.8K viewsedited  20:43
Ochish/sharhlash