Get Mystery Box with random crypto!

Taomlanish ilmi

Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi T
Telegram kanalining logotibi taomlanish_ilmi — Taomlanish ilmi
Kanal manzili: @taomlanish_ilmi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.06K
Kanalning ta’rifi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🧠 Ongli ozish: @doctorferuz
🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz
🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-08-09 10:20:28
Nima uchun goʻshtni koʻkatlar bilan isteʼmol qilish kerak?

Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Buni Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) taʼkidlagan.

Taxminlarga koʻra, bu goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem tufaylidir. Gemga qarshi taʼsir qiluvchi asosiy himoya moddasi boʻlgan boshqa pigment — xlorofilldir. U yashil rangga ega va oʻsimliklar undan kislorodni sintez qilish uchun foydalanadi.

«Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan.

Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak!

@taomlanish_ilmi
27.1K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-08-05 03:50:53 Yog'larni qayta qizdirish mumkin emasligi haqida ko'pchilik eshitgan, o'qigan...

Lekin shunday yog'lar bor-ki, ularni qayta qizdirib ishlatish mumkin.

Ular:
— barcha hayvon yog'lari (qo'y dumbasi yog'i, charvisi, mol yog'i va h.k.)
— zaytun moyi
— bodom moyi
— kokos yog'i


O'simlik moylaridan: pista (semechka), zig'ir, paxta yog'larini qayta qizdirib ishlatish mumkin emas, bu aniq!

@taomlanish_ilmi
20.5K viewsedited  00:50
Ochish/sharhlash
2023-07-27 12:22:42
Organizmda suv yetishmasligi ruhiy buzilishlarni keltirib chiqaradi

Hatto ozgina suvsizlanish ham kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi.

Bir ilmiy tajribada, odatda kun davomida oz miqdorda suv ichgan ishtirokchilar, suv miqdorini oshirganda, oʻzlarini yaxshi his qilishgan.

Suyuqlik yetishmovchiligi metabolik jarayonlarning samaradorligini pasayishi bilan bogʻliq. Atigi 1,5% ga suvsizlanish aqliy jarayonlarning yomonlashishiga, shuningdek immunitetning pasayishiga olib keladi.

Aqliy qobiliyatni oshirib, kayfiyatni koʻtarib, immunitetni yaxshilamoqchi boʻlsangiz suv iching!

@taomlanish_ilmi
27.9K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2023-07-24 21:26:06 Endi chivinlar talamayaptimi?
Bu mahsulotlarni muntazam yeb yursangiz, nafaqat chivinlar, balki boshqalar ham talamaydi

Foyda olgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring)

@taomlanish_ilmi
22.6K viewsedited  18:26
Ochish/sharhlash
2023-07-19 09:50:25
Chivinlarni qoʻrqitadigan, badandan uzoqlashtiradigan mahsulotlar
(Chivinlar mavsumida asqatadi)

Chivinlar uchun eng hushboʻy hidlar non, baʼzi sharbatlar va tuzlangan bodring tarkibidagi sut kislotasining hidi hisoblanar ekan.

Spirtli ichimliklar tana haroratini va terlashni oshiradi. Agar spirtli ichimliklar bilan birga yogʻli, achchiq ovqatlar isteʼmol qilsangiz, ortiqcha ovqatlansangiz, unda siz chivinlar uchun nishonga aylanasiz.

Biroq, odamlarning hidini hasharotlar uchun yoqimsiz qiladigan mahsulotlar bor. Bu masalada yetakchilari piyoz va sarimsoqdir.

Ular tarkibida allitsin organik birikmasi mavjud. Ushbu modda inson terlari bilan ajralib turadi hamda tananing tabiiy hidini toʻsib qoʻyib, bizni chivinlarga "koʻrinmas" qiladi.

Sarimsoq va piyozdan tashqari evkalipt, rayhon, yalpiz ham chivinlarni qochiradi.

@taomlanish_ilmi
34.5K views06:50
Ochish/sharhlash
2023-07-11 13:41:27 QOVUN HAQIDA

Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va past glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.

2006-yilda "HortScience" jurnalida e'lon qilingan tadqiqotda, qovun tarkibida beta-karotin miqdori juda yuqoriligi aniqlangan. 
Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.

100 g qovun: 36 kkal
Oqsil — 0,5 g 
Yogʻ — 0,1 g 
Uglevodlar — 9 g 
- Natriy — 26 mg 
- Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108% 
- Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 6%
- Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1% 
- Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi. 

Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (V9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.

Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.

@taomlanish_ilmi
31.4K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash
2023-07-07 06:35:26
Bolalarga tarvuzni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

— 1 yoshgacha boʻlgan bolalarga tarvuz berilmaydi.
— 1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g.
— 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g.
— 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 tarvuz berish mumkin.

Shuni tarozida tortib yoki oʻlchab berganlar bormi?
Barra tarvuz boʻlsa, yangi kesilgan vaqtda biroz koʻproq yedirsa ham boʻladi. Faqat mumkin ekan deb koʻp berib yubormang!

@taomlanish_ilmi
30.4K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-06-30 08:31:41
Gazli (shirin, rangli) ichimliklar homilador ayollarda erta tugʻish xavfini oshiradi

2010-yilda Daniyada 60,000 nafar ayol oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotga ko'ra, gazlangan shirin ichimliklar ichganlarda erta tugʻish ehtimoli yuqori ekan.

Homiladorlik paytida kuniga kamida bir marta gazlangan suv ichgan ayollarda erta tugʻish ehtimoli ichmaganlarga qaraganda 38% ga ortgan.

@taomlanish_ilmi
33.1K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-06-19 14:47:28 Agar kalsiyni dori ko'rinishida qabul qilmoqchi bo'lsangiz ikki xil ko'rinishdagisini tavsiya qilaman:

1. Kalsiy laktat
2. Kalsiy sitrat

Kalsiy karbonat va kalsiy glyukonatni ichaklardan so'rilishi qiyinroq. Bu esa dorini foydalilik koeffitsiyenti kamaytiradi.

@taomlanish_ilmi
40.6K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2023-06-17 09:55:51
Organizmda KALSIY (Ca) yetishmasligini asosiy belgilari

• Yuqori charchoq
• Titrash
• Tishlarni maydalishi va tushib ketishi
• Mushaklardagi spazmlar
• Teri elastikligini pasayishi
• Ichaklardagi spazmlar
• Sochlar va tirnoqlarni xiralashishi
• Asabiylik, xavotir va taʼsirchanlikni ortib ketishi

Manbalari: sut va sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, baliq, koʻkatlar, suyak va pay shoʻrvalar.

@taomlanish_ilmi
38.2K views06:55
Ochish/sharhlash