Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya Google, Twitter, Facebook va WhatsApp'ni katta miqdord | Soni Qancha?

Rossiya Google, Twitter, Facebook va WhatsApp'ni katta miqdorda jarimaga tortmoqchi

Roskomnadzor Google, Twitter, Facebook va WhatsApp'ni may oyining oxirigacha Rossiya foydalanuvchilarining Rossiya hududidagi ma'lumotlar bazalarini mahalliylashtirish bo'yicha ilgari yuborilgan so'rovga javob berishi zarurligini ogohlantirdi.

Aks holda, kompaniyalar javobgarlikka tortiladi, unga ko'ra xizmatlar 1 mlndan 6 mln rublgacha ($13 150 - $78 900) jarima va bir necha bor bajarmaganligi uchun 6 mlndan 18 mln rublgacha ($78 900 - $236 000) jarima bilan jazolanadi.

Rossiyada LinkedIn ijtimoiy tarmog'i shu sababli bloklagan bo’lsa Twitter va Facebook'ni allaqachon 4 million rubl ($52600)miqdorida jarimaga tortgan.

@SoniQancha