Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 37

2023-08-23 10:47:01 Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 948 mingdan ziyod abituriyentdan 888 660 nafari ishtirok etdi, 59 831 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 67 nafari hududga kirishda, 148 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgan uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

34 tasi (23 %) — Samarqand viloyati;
31 tasi (20,9 %) — Toshkent shahri;
20 tasi (13,5 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 ta) hamda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida (3 tadan) kuzatildi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.1K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-08-23 10:17:43
Mandatda omadingiz kelmadi degani, bu hammasi tugadi degani emas!

Sizda yana bir imkoniyat bor.

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

Kontrakt ham nodavlat oliygohlar ichida eng arzoni va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.

420 ta Grant o'rniga ega.

DTMdan 60 ball va undan yuqori olgan bo'lsangiz, imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
17.7K views07:17
Ochish/sharhlash
2023-08-23 09:33:01 Oliy ta'lim vazirligining eng katta xatosi – nechta nodavlat oliygohlarning litsenziyasi borligini xatto aniq bilmaydi

Vazirlikning https://stat.edu.uz/Univer-list.php saytiga kiritilgan ma'lumotlar to'liq emas, jumladan nodavlat oliygohlarning atigi 65 tasigina ro'yxati kiritilgan, 20 ga yaqin nodavlat oliygohlar ro'yxati esa saytga kiritilmagan.

Vazirlikdek katta tashkilotning "Call center" hodimalari esa ro'yxatda kiritilmagan nodavlat oliygohlarning litsenziyasi yo'qligi haqida murojaat qilgan ota-onalar (abituriyentlar)ga ma'lumot bermoqda.

Bu vaziyatda vazirlik yolg'on (noto'g'ri) axborot bergani uchun javogarlikka tortiladimi?

Yoki saytdagi ma'lumotlarni yangilab qo'yishga vazirlik mas'ullarining vaqti (yoxud xohshi) yo'qmi?

Qabul jarayonlari ayni pallasida bu kabi loqaydlik ko'plab tushunmovchilik va oqibatlarga olib keladi. Har holda kap-katta vazirlik degan tashkilotning "Call center"i ishonch bilan litsenziyasi yo'q degan jumlalarni ishlatmoqda.

Vaholan-ki, ro'yxatga kiritilmagan litsenziyaga ega qaysidir nodavlat oliygohi bu ish uchun vazirlikni bemalol sudga berishi ham mumkin.

Manba...

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.1K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-08-23 09:01:27


EMU UNIVERSITY 1000 dan ortiq bo'lajak shifokorlar tanlovi!

Professional shaxs sifatida shakllanish uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan universitet.

Universitet talabalari so'nggi yillarda tibbiyot oliygohlari talabalari o'rtasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalarda 100 dan ortiq g'alabalar va yutuqli o'rinlar sovrindorlari bo'lishdi.

Kelajagingizga befarq bo'lmang! Tibbiyot yo'nalishidagi eng nufuzli Universitet bilan o'z kelajagingizni quring!

Yo'nalishlar:
    - Stomatologiya
    - Davolash ishi
    - Farmatsiya

Har bir talaba uchun so'nggi rusumdagi planshet sovg'a qilinadi;

Toshkent bo'yicha 40 dan ortiq amaliyot markazlari;

Universitetning 3ta ko'ptarmoqli klinikasi;

Zamonaviy o'quv auditoriya, laboratoriya va simulyatsion markazlar;
Har semestrda grant asosida o'qish imkoniyati;
Mutlaqo erkin forma va bularning barchasi EMU Universityda.

Tel: 78-147-00-07

Ro'yxatdan o'tish

Instagram | Web-site | YouTube
19.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-08-23 08:32:01 Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan hisoblanadi?

Davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi.

Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi.

Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.5K views05:32
Ochish/sharhlash
2023-08-23 08:01:46
Impulsda qabul imtihonlari davom etmoqda!

175ta ajratilgan grant o’rinlaridan 75tasi o’z egalarini topdi. Qolgan 100ta o’rin esa sizni kutmoqda!

Shoshiling qabul yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Ro’yxatdan o’tish:

qabul.impulsmi.uz

Aloqa:  (55)5105015

Manzil: Namangan shahar, G'ishtko'prik MFY, K. Otamirzayev ko'chasi, 1-uy.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | web site
22.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-08-22 17:32:02 Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
31.9K views14:32
Ochish/sharhlash
2023-01-05 20:24:22 Qishki taʼtil uzaytirildi — nodavlat oliygohlar uchun ham

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

Qishki taʼtil muddatining 17-yanvargacha uzaytirilishi barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, xususan, nodavlat umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari, nodavlat oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli.

O‘qish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
8.9K viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2023-01-03 14:43:36 Ta‘lim inspeksiyasi tomonidan dekabr oyining so‘nggi kunlarida bir nechta oliygohlarga litsenziya taqdim etilgan. Oliygohlar to‘liq ro‘yxati hech qaysi manbada e‘lon qilinmagan. Yuqoridagi ro‘yxatga kiritilmagan yana bir nechta oliygohlar borligi aniqlandi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
12.1K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2023-01-03 11:25:15 #nodavlat_oliygoy | Yangilandi

Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta? (30.12.2022 holatiga ko'ra)

Bugungi kunda 72 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 72 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
26.6K views08:25
Ochish/sharhlash