Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 36

2023-08-23 21:31:41 #super_kontrakt

Amaldagi kontrakt va super-kontrakt miqdorlari

Ushbu miqdorlar o'tgan yili avgust oxirida tasdiqlangan, bu yil ham avgust oxirida yangi miqdorlar tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu haqida bugun matbuot anjumanida mas'ullar aytib o'tdi.

Ma'lumot uchun 2021-yildan buyon kontrakt miqdorlari oshmagan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
27.3K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-08-23 17:03:48
Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

O‘zbekiston telekanali orqali 31-yanvar kuni efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
30.6K views14:03
Ochish/sharhlash
2023-08-23 15:02:41
O‘qishga kira olmadingizmi? Xavotirga hojat yo‘q.

Siz UZBMB (DTM) ballari bilan imtihonsiz University of Science and Technologies talabasi bo‘lishingiz mumkin!

Buning uchun saytimizda hujjatlaringizni topshirishingiz va DTM natijasini yuklashingiz kifoya.

Hujjat topshirish admission.usat.uz

Universitetdagi yo'nalishlar;

Kontrakt narxlari;

Murojaat uchun: @usat_admins yoki @usatuz_talabalari

Call-markaz: +99878-888-38-88

Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi!

Litsenziya: №048714 (27.07.2022)

Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
Mo'ljal: Sobiq Roison binosi
Lokatsiya
23.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-08-23 13:58:42 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbi (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.9K views10:58
Ochish/sharhlash
2023-08-23 13:33:01 Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh yopilib ketsa ham muammo emas – agarda nodavlat oliygohning litsenziyasi to'xtatilsa, hukumat talabalarni davlat yoki boshqa nodavlat oliygohlarga o'qishi ko'chirilishini kafolatlaydi, ya'ni sizda yo'qotish mavjud emas.

Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi o‘zi?

Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi (huquqiy asos). Bundan tashqari ta'lim davrida davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko'chirish imkoniyati ham mavjud.

Xususiyda o‘qigan deb ishga olmay, qaytarib yuboradimi?

Davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar davlat namunasida va bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Quyidagi havolada nodavlat Qo‘qon universiteti tomonidan berilgan diplom na'munasini ko‘rishingiz mumkin. (havola)

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
17.0K views10:33
Ochish/sharhlash
2023-08-23 13:01:45
Nima uchun abituriyentlar RENESSANS ta’lim universitetini tanlashmoqda

1. Universitet xalqaro darajadagi davlat diplomini taqdim etadi;
2. Universitetda 40ga yaqin yo’nalishlar mavjud;
3. Universitet UZBMB (DTM) bali bilan imtihonsiz qabul qiladi;
4. Kontrakt summasini 4 ga bo’lib to’lash imkoniyati;
5. Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan o’qishni ko’chirish;
6. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega o'quv bino.

Yaxshi obro’ga ega oliygohda, professional ustozlar qo’lida ta’lim olgan talaba - har doim muvaffaqiyat qozona oladi.

Shoshiling talabalarimiz safiga qo’shiling.

Online ro’yxatdan o’tish
DTM bali orqali ro’yxatdan o’tish

Murojaat uchun:
+998555067007 | yozish
17.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-08-23 12:37:01 13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,5 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari2,1 ming nafar;
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar351 nafar.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.1K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-08-23 12:05:55
TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
Telefon: +998712070032
Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko’chasi 41B

Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram
16.5K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-08-23 12:03:04 2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

42 655 nafari — davlat granti;
150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
15.7K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-08-23 11:30:18
Siz Pisa Universitetining Toshkentdagi filialini tugatgandan so'ng bir necha baravar ko'proq pul topishingiz mumkinligini bilarmidingiz?!

Prezidentimizning 2021-yil 13-iyuldagi "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, xalqaro reytingga kiruvchi oliy o'quv yurtini tamomlagan davlat xizmatchilari endi ish haqiga qo'shimcha ravishda to'lanuvchi ustamaga ega bo'ladilar.

Shunday qilib, bakalavrni tamomlagan talabalar qo'shimcha - 20 BHM (6 mln so'm) oladilar;
Magistraturani tamomlaganlar esa - 30 BHM (9 mln so'm).

Shuni ta'kidlash kerakki, Pisa Universiteti eng yaxshi universitetlarning TOP-300 taligiga kiradi - ya'ni bu Pisa Universitetining Toshkentdagi filiali bitiruvchilari davlat xizmatiga ishga joylashishda qo'shimcha haq olishlari mumkinligini anglatadi.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin +99897-759-44-00.

t.me/pisauniversity
16.6K views08:30
Ochish/sharhlash