Get Mystery Box with random crypto!

Senat 2024-yil uchun Davlat byudjetini ma’qulladi — Qonunda 2 | Narxi Qancha? ⚡️

Senat 2024-yil uchun Davlat byudjetini ma’qulladi

— Qonunda 2024-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan byudjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.

— Ta’kidlanganidek, Davlat byudjeti daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 312,9 trln so‘mni tashkil etdi.

— Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 55,2 trln so‘m va 85,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!