Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-12-25 19:15:24
Dunyodagi eng qimmat o'yin kompyuterining narxi qancha?

Kompyuterlarning turlari juda ko'p, shulardan eng ommaboplari bu o'yin kompyterlaridir. Bugngi kunda o'yin kompyuterlari orasida eng mashxuri va qimmati bu 8pack OrionX kompyuteridir.

Ushbu kompyuterning narxi $41 519 ekan.

Faqat uning korpusining o'zi $949 turadi. Kompyuterda 4 ta videokarta mavjud bo'lib, ularning har biri $1900 dan turadi. Asosiy xotira 3 ta bo'lib, bittasi 1,2 TB, ikkkinchisi 1 TB, uchinchisi 10 TB. Kompyuter Intel Core i9-10980xe protsessori bilan jihozlangan.

Shuningdek, kompyuter uchta 27 dyuymli 1080p monitor, simsiz minigarnituralar va boshqa zaruru qurilmlaraning maksimal darajada yaxshisi bilan jihozlangan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-12-25 09:15:50
Dunyodagi Top 10 avtomobil brendlari kapitalizatsiyasi

Tesla
dunyodagi eng katta bozor kapitalizatsiyasi bo'yicha hozirda avtomobil brendlari ro‘yxatida birinchi o'rinni egallagan holda o'z raqiblaridan 3 barobardan 20 barobargacha yirik ko'rsatkichni qayd etib turibdi.

Reyting:
— Tesla $809.03 mlrd;
— Toyota $240.93 mlrd;
— Porsche $80.31 mlrd;
— BYD $77.24 mlrd;
— Mercedes-Benz $74.02 mlrd;
— BMW $72.70 mlrd;
— Stellantis $70.69 mlrd;
— Volskwagen $64.63 mlrd;
— Ferrari $62.29 mlrd;
— General Motors $49.64 mlrd;

Bozor kapitalizatsiyasi - kompaniyaning barcha aktsiyalarining umumiy qiymatini bildiradi. U aktsiya narxini uning muomaladagi aktsiyalarining umumiy soniga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi. Misol uchun, 20 million aktsiyaga ega bo'lgan kompaniya 50 dollardan sotiladigan kompaniyaning bozor qiymati 1 milliard dollarni tashkil qiladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
18.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-12-24 15:35:54
Vazirlarimiz yuradigan mashinalarning narxi qancha ?

Quyida siz eng qimmat mashinalarda harakatlanuvchi vazirlar
ro’yxatini ko’rishingiz mumkin:

9. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov - Mersedes-Benz E400 (60.000$);
8.
Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev - Mersedes-Benz E450 (70.000$);
7. Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov - Mersedes-Benz E450 (70.000$);
6. Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov - Mersedes-Benz 4Matic (110.000$).

Top 5 talik

5. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov - Mersedes-Benz S450 (120.000$);
4. Suv Xo’jaligi vaziri Shavkat Hamroyev - Toyota Land 200 (120.000$);
3. Transport vaziri Ilhom Mahkamov - Mersedes-Benz S450 L4 Matic (150.000$);
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Mersedes-Benz (160.000$);
1. Tog’-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamov Mersedes-Benz S 450
Matic (450.000$).

Viloyat hokimlari minadigan mashinalar ro’yxatini 500 ta “ ” dan so'ng e'tiboringizga havola qilamiz!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.1K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-12-24 11:34:26
Isroil rasmiylari “Xamas” yetakchilari joylashuvi haqidagi ma’lumotlar uchun mukofot puli e’lon qildi.

1. “Xamas” ning Gʻazodagi rahbari Yahyo Sinvar joylashuvi uchun Isroil rasmiylari $400 000 miqdorda mukofot puli berilishini e’lon qildi.

2. Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar uchun esa yahudiy sionist rahbarlari $300 000 ga teng mukofot taklif qilmoqda.

3. Xon Yunus brigadasi qoʻmondoni Rafa Salama joylashuvi haqidagi ma’lumotlar uchun Isroilliklar $200 000 pul berishini va’da qilmoqda.

4. “Xamas” ning harbiy qanoti rahbari hisoblangan Muhammad Deyf haqidagi joylashuv xabari uchun $100 000 miqdordagi pul berilishi mumkin.

P. S: Bu haqidagi e’lonlarni Isroil rasmiylari oddiy aholi orasida havo aviatsiyasi yordamida tarqatgani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Isroil harbiy kuchlari Falastin G'azosidagi "Xamas" kuchlariga qarshi 7-oktabrdan buyon urush ochgan bo'lib, u yerdagi 20 mingdan ziyod tinch aholining nobud bo'lishiga sababchi bo'lib kelmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2023-12-23 15:36:46
Oʻzbekiston va boshqa MDH davlati prezidentilari qancha maosh oladilar?

— Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yillik $15 600 boʻlib, bir oyga $1 300 oladi.

— Boshqa davlat prezidentlari: (yillik)
1. Azarbayjon – $225 000
2. Rossiya – $136 000
3. Belarus – $33 600
4. Armaniston – $32 400
5. Qozogʻiston – $20 400
6. Qirgʻiziston – $18 800
7. Oʻzbekiston – $15 600
8. Tojikiston – $13 200

— MDH ni tark etgan, qoʻshilish istagi bor yoki kuzatuvdagi davlatlarda maoshlar:
• Ukraina – $11 600 (tark etgan)
• Gruziya – $80 400 (tark etgan)
• Turkmaniston – $10 600 (kuzatuvda)
• Mongoliya – $11 620 (kuzatuvchi)
• Afgʻoniston – Aniq ma’lumot yoʻq.

P. S: Maoshlar 2019-2023 yillardagi ma’lumotlar boʻlib, ular ayni oylarda oʻzgargan boʻlishi mumkin.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.6K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-12-23 06:35:18
Tom Holland, Endryu Garfild yoki Tobi Maguayr: Eng ko‘p haq olgan “O‘rgimchak odam” kim?

— Tobi Maguayr 2002-yilda chiqqan birinchi “O‘rgimchak odam” filmidagi ishi uchun $4 mln ishlab topgani haqida yillar davomida mish-mishlar bo‘lgan. 2004-yilda u $17,5 mln maosh olgan.

— 2010-yilda Endryu Garfild birinchi marta “O‘rgimchak odam” franshizasining navbatdagi aktyori sifatida e’lon qilindi. Mish-mishlarga ko‘ra, 2012-yilda aktyor $500 000 ishlab topgan. “Yangi o‘rgimchak odam: Yuqori kuchlanish” filmi uchun taxminan $1 mln olgan.

— Tom Holland birinchi marta “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmida superqahramon kostyumini kiygan va u roli uchun taxminan $500 000 olgan. Shuningdek, kassa bonuslari bilan gonorari $1,5 mln tashkil qilgan.

— 2019-yilda chiqqan “O‘rgimchak odam: Uydan uzoqda” filmida suratga tushgan aktyor taxminan $4 mln topgan. Yangi “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” qismidagi rol uchun aktyor qancha olgani hozircha noma’lum.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.7K viewsedited  03:35
Ochish/sharhlash
2023-12-22 21:18:12
Oʻzbek aktrissalarining bir kunlik gonorar miqdorlari qancha?

1. Dilnoza Kubayeva – $500 - $700
2. Asal Shodiyeva – $500
3. Zarina Nizomiddinova – $300 - $500
4. Shahzoda Matchanova – $300 - $500
5. Rayhon Ulasenova – $250 - $300
6. Ra’no Shodiyeva – $200
7. Nigora Karimboyeva – $200
8. Feruza Normatova, Shahzoda
9. Muhammedova, Durdona Qurbonova – $100 - $150

— Mazkur ro‘yxatdan aktrisa Yulduz Rajabova ham o‘rin egallashi kerak edi. Chunki u ham o‘zbek kino san’atidagi eng qimmat aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa so‘nggi yillarda xususiy kinostudiyalar bilan ishlamayapti va serillardan tushadigan takliflarni rad etmoqda.

P. S: Ma’lumotlar 2021-yil uchun va hozirda narxlar oʻzgargan boʻlishi mumkin.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.0K viewsedited  18:18
Ochish/sharhlash
2023-12-22 17:31:05
Turli dunyo davlatlarida 1 yillik yashash narxlari qancha? (192 davlat ichida)

— Eng yuqori yashash narxlari:

1. Monako – $47 460 (1)
2. Singapur – $40 896 (2)
3. Kayman or. – $39 060 (3)
4. Shvetsariya – $38 200 (4)
5. Islandiya – $29 484 (5)

— Oʻrtacha yashash narxlari:

1. Gayana – $10 248 (95)
2. Guetamala – $10 224 (96)
3. Janubiy Afrika – $10 116 (97)
4. Tailand – $10 020 (98)
5. Myanma – $10 008 (99)

— Eng past yashash narxlari:

1. Burundi – $5 136 (188)
2. Butan – $4 908 (189)
3. Nepal – $4 488 (190)
4. Misr – $4 200 (191)
5. Pokiston – $3 984 (192)

— Yuqoridagi ma’lumotlar oʻrtacha 2 kishi uchun moʻljallangan boʻlib, Oʻzbekistonda esa bu narx bir yil uchun $7 188 boʻlmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-12-22 09:01:02
Qora bozor: “Turli davlatlar soxta pasportini, haydovchilik guvohnomasi tayyorlash narxi qancha?”

— Pasportlar:
1. Malta – $4 000
2. Fransiya – $3 000
3. Niderlandiya – $3 000
4. Yevropa Ittifoqi – $3 000
5. Polsha – $2 500
6. Litva – $1 800
7. AQSH Green Card – $450

— Haydovchilik guvohnomalari:
1. Fransiya – $1 500
2. Ruminiya – $1 450
3. Yevropa Ittifoqi – $2 000
4. AQSH – $150
5. Oʻzbekiston – $300 - $1 000

— Ma’lumotlar turli manbalardan oʻrganilgan va qora bozordagi narxlar deyarli har kuni oʻzgarib turishi kuzatilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.1K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-12-21 15:31:01
Oʻzbekistonda oltin eksporti

— Dastlabki yetti oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $35 mlrd (+23,3 foiz) yetdi. $5,6 mlrd yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘proq oltin sotildi.

— Eksport 31 foizga o‘sib, $14,95 mlrd, import esa $20,02 mlrd (+18,1 foiz) tashkil etdi. Tashqi savdo taqchilligi $-5,07 mlrd oshdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ($5,54 mlrd) kam boʻlmoqda.

— Ma’lumot uchun aytadigan boʻlsak, 2022 yilda $4,1 mlrd, 2021 yilda $4,1 mlrd, 2020 yilda $5,8 mlrd, 2019 yilda esa $4,9 mlrd oltin sotilgan.

— Birinchi chorakda $2,4 mlrd qiymatidagi oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 42,4 foizini tashkil etadi. O‘z navbatida oltin eksporti 2022-yilning mos davri bilan taqqoslanganda, $560 mln kamaygan. O‘tgan yilda O‘zbekiston eksportidagi oltin ulushi 50,8 foizgacha yetgan edi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.1K views12:31
Ochish/sharhlash