Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.61K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-12-15 19:33:53 Ta'lim-tarbiya jarayonida Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar

Oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik; oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;

Chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni o'z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;

Taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik; oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish;

Taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish; biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;

Yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

Mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish kerak

Milliy Sertifikat
12.8K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-12-15 06:19:06 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida qanday bo‘limlardan test tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida ona tili va adabiyot fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:

1. Fonetika
2. Grafika
3. Orfografiya
4. Orfoepiya
5. Leksikologiya
6. Frazeologiya
7. Grammatika
8. Uslubiyat
9. Adabiyot tarixi
10. Adabiyot nazariyasi

Milliy Sertifikat
12.8K views03:19
Ochish/sharhlash
2023-12-14 18:17:38 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 25-noyabrdan 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (15-17-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Milliy Sertifikat
13.9K views15:17
Ochish/sharhlash
2023-12-13 17:32:30 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 16-17-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 18-23-, 25-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Milliy Sertifikat
15.9K views14:32
Ochish/sharhlash
2023-12-12 05:42:58 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 19-noyabr kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy Sertifikat
13.0K views02:42
Ochish/sharhlash
2023-12-11 20:39:34 Ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarga ular muddati tugagunga qadar ustama to‘lanishi kerak

Prezidentning 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangandi.

Xabaringiz bo‘lsa, ingliz tili o‘qituvchilari maoshiga ustama olish uchun til bilish darajasini aniqlab beruvchi xalqaro sertifikatlarning ikkitasi 1-avgustdan eʼtiboran Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan bekor qilindi.

Bizga murojaat qilishlaricha avval olib qo‘yilgan sertifikatlarga ustama to‘lanmasligi aytilayotgan ekan.

BU HAQDA VAZIRLIK ALOHIDA KO‘RSATMA BERGAN. KO‘RSATMAGA KO‘RA:

Ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar
olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilangani aytilgan.

Raxbarlardan vazirlikning bu ko‘rsatmasiga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

YURIST MASLAHATI

Milliy Sertifikat
14.3K views17:39
Ochish/sharhlash
2023-12-11 18:37:29
Milliy sertifikat ONA TILI Mart-2024
Vaqt va megabaytni biz bilan foydaga almashtiring

-Siz abituriyentmisiz? Sizga DTM imtihonida ona tili fanidan maksimal ball kerakmi?
-Siz óqituvchimisiz? Unda sizning oyligingizga qóshimcha ustama kerakdir?
( Tóliq kurs)
Biz online darslarimizni boshladik.
Davomiyligi mart oyidagi imtihongacha
Haftada 3 kun dars+ mock imtihonlar
(Umumiy grammatika, esse yozish, badiiy asarlar, g'azal tahlili)
Narxi: 150ming

Darslar 15-dekabrdan
Murojaat uchun: @gulbashakar_21
12.6K views15:37
Ochish/sharhlash
2023-12-09 04:35:18 O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Uyg‘ondingmi do‘stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Yomon tush ko‘rdingmi,
Bu emas qayg‘u!
Nimalar kirmaydi tushga…, – deganlar,
Tasavvur qilgina,
Millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o‘qidim,
Bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.

Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil,
Ulg‘ayib qoldilar ancha,
Eh do‘stim, nolima, yorug‘ olamda,
Tirnoqqa zor bo‘lib yurganlar qancha…

Ming shukur,
Yurting tinch,
Ro‘zg‘oring butun,
Tomoqdan suv o‘tar, ko‘zlaring ravshan…
Bilmasang bilib qo‘y,
Minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay…
Yig‘larkan!

MALIKA SALIMOVA

Milliy Sertifikat
13.9K views01:35
Ochish/sharhlash
2023-12-06 09:33:01 O‘qituvchilar ish stavkalarini yanvar oyidan boshlab qisqartirish nazarda tutilgan

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan oyda buxorolik saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushirilishi haqida aytgandi.

Ammo bu qachon amalga oshirilishi haqida aytilmagandi. O‘zbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasida 2024-yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

Xalq taʼlimi info

Milliy Sertifikat
15.0K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-12-04 07:37:53 O‘quvchilar uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki taʼtilning ilk kuni sanaladi. Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

Milliy Sertifikat
14.4K views04:37
Ochish/sharhlash