Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchilar ish stavkalarini yanvar oyidan boshlab qisqartir | Milliy sertifikat | DTM

O‘qituvchilar ish stavkalarini yanvar oyidan boshlab qisqartirish nazarda tutilgan

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan oyda buxorolik saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushirilishi haqida aytgandi.

Ammo bu qachon amalga oshirilishi haqida aytilmagandi. O‘zbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasida 2024-yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

Xalq taʼlimi info

Milliy Sertifikat