Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.61K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2023-11-24 16:54:02 Milliy sertifikat uchun imtihonlar qaysi sanalarda bo‘lib o‘tishini bilasizmi?

Oʻzbek tili va adabiyoti — 29-oktabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 16-oktabrgacha)

Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Biologiya — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Tarix — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Fizika — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Matematika — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Geografiya — 2024-yil yanvar oyida

Kimyo — 2024-yil yanvar oyida

Milliy Sertifikat
12.9K views13:54
Ochish/sharhlash
2023-11-24 10:33:02 Namunaviy odob-axloq qoidalari

O‘quvchilaringiz va ota-onalarga ham yuborib qo‘ying.

O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i

Milliy Sertifikat
15.7K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-11-22 12:14:15 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Milliy Sertifikat
13.1K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-11-21 16:55:29 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy Sertifikat
16.8K views13:55
Ochish/sharhlash
2023-11-21 12:54:02 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

Milliy Sertifikat
17.4K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-11-19 18:45:24 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida qanday bo‘limlardan test tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida ona tili va adabiyot fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:

1. Fonetika
2. Grafika
3. Orfografiya
4. Orfoepiya
5. Leksikologiya
6. Frazeologiya
7. Grammatika
8. Uslubiyat
9. Adabiyot tarixi
10. Adabiyot nazariyasi

Milliy Sertifikat
13.1K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-11-19 07:39:48 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 13-noyabr kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Milliy Sertifikat
14.4K views04:39
Ochish/sharhlash
2023-11-18 10:23:02 Dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan "milliy sertifikat" imtihonlari

Fizika — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Tarix — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Matematika — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida ham bo‘lib o‘tadi.

Milliy Sertifikat
15.8K views07:23
Ochish/sharhlash
2023-11-18 08:41:24
Ona tili fanidan milliy sertifikat kerakmi?!

Balki qo’shimcha ustama kerakdir?! (O’qituvchilar uchun)
Balkim DTM imtihonlarida eng yuqori ball kerakdir a?

Unda kafolatlangan kelajak uchun harakatni boshlang va biz bilan o'qib-o'rganing.

Yil bo'yi televizor qarshisida vaqtingizni zoye ketkazish o’rniga biz bilan kelgusi "Ona tili milliy setifikat" imtihonlariga tayyorgarlik ko’ring.

Yaqinda online kurslarimiz o’z faoliyatini boshlaydi.

Bunda:
Intensiv guruh
Individual shug'ullanish
Sinov testlari va kerakli tarqatma materiallar
Badiiy tahlil uchun yo'nalish berish
Grammatikani mustahkamlash
Essedan 20+ ball olish usullari

86%+ natijali ustozlardan manfaatli trening darslar
Bizga qóshiling va muvaffaqiyatga erishing

Murojaat uchun: @gulbashakar_21
13.2K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-11-16 12:03:13 Ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarga ular muddati tugagunga qadar ustama to‘lanishi kerak

Prezidentning 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangandi.

Xabaringiz bo‘lsa, ingliz tili o‘qituvchilari maoshiga ustama olish uchun til bilish darajasini aniqlab beruvchi xalqaro sertifikatlarning ikkitasi 1-avgustdan eʼtiboran Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan bekor qilindi.

Bizga murojaat qilishlaricha avval olib qo‘yilgan sertifikatlarga ustama to‘lanmasligi aytilayotgan ekan.

BU HAQDA VAZIRLIK ALOHIDA KO‘RSATMA BERGAN. KO‘RSATMAGA KO‘RA:

Ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar
olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilangani aytilgan.

Raxbarlardan vazirlikning bu ko‘rsatmasiga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

YURIST MASLAHATI

Milliy Sertifikat
13.1K views09:03
Ochish/sharhlash