Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT BAHOLASH MEZONLARI. ONA TILI VA ADABIYOT: | Milliy sertifikat | DTM

MILLIY SERTIFIKAT BAHOLASH MEZONLARI. ONA TILI VA ADABIYOT:

Test topshiriqlari natijalari qiyinlik darajasi bo‘yicha tabaqalashgan ball berish tizimi asosida baholanadi.

1. Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshiriqlari quyidagicha baholanadi:

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – qiyinlik darajasiga ko‘ra 1,1 ball, 1,7 ball yoki 2,5 ball;

Har bir noto‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – 0 ball.

2. Bir nechta qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i quyidagicha baholanadi:

A:

faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,8 ball;
faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,9 ball;
a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 1,7 ball;
a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball.

B:

faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,2 ball;
faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,3 ball;
a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 2.5 ball;
a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball.

Qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshiriqlarini baholashda
quyidagilar inobatga olinadi:

Achiq test topshirig‘ining javobi bitta harf, so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan bo‘lishi lozim;

Agar talabgor to‘g‘ri javobni ma’nodoshlari yordamida ifodalagan bo‘lsa, to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinadi;

Talabgor yozgan to‘g‘ri javobda kuzatilgan texnik, imloviy, uslubiy xatoliklar uchun jarima ball belgilanmaydi (imlo hamda uslubiyatga oid bilim, ko‘nikma va
malakalarni tekshirishga qaratilgan test topshiriqlari bundan mustasno);

Agar talabgor talab qilinayotgan to‘g‘ri javob bilan bir qatorda noto‘g‘ri javobni ham yozgan bo‘lsa, mazkur javobga noto‘g‘ri javob sifatida qaraladi (0 ball
bilan baholanadi)

Milliy Sertifikat