Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration T
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlar
Eslatma
Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlar
Eslatma
Kanal manzili: @migratsiyaagentligi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 230.05K
Kanalning ta’rifi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-05-17 10:15:45
O'tgan yili 10 ming dollardan ko'proq pul ishlab keldim. Bu yil...

Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi, ya'ni 112 nafari mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Shartnoma muddati: 6 oy

Ish haqi: 1500-2000 AQSH dollari atrofida

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning bugungi kuniga qadar 1600 dan ziyod yurtdoshlarimiz Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ketgan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
61.1K viewsedited  07:15
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:27:58
Qozog‘istonga borayotgan fuqarolar diqqatiga

Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan yurtdoshlarimizga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilinadi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
81.3K views05:27
Ochish/sharhlash
2024-05-16 20:03:53
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Ayni omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.

Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.

Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
70.8K views17:03
Ochish/sharhlash
2024-05-16 16:13:04
Qashqadaryoda 1500 dan ortiq yoshlar nemis tilini o'rganmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali va viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutasaddilari Germaniyada Ausbildung orqali ishlash maqsadida nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Germaniyada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchi tashkilotlar talablari, ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borish uchun nemis tilini bilishning ahamiyati haqida maʼlumot berilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda viloyat tumanlarida tashkil etilgan nemis tili kurslariga 1500 dan ortiq yoshlar jalb qilingan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
79.7K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-05-16 13:40:03
Agentlikning ishonch raqamlariga kun davomida qancha savol kelib tushadi?

Rolikda call-markazdagi jarayonlar...

Mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha maʼlumot olish uchun 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55 va 71 200-00-61 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
76.7K views10:40
Ochish/sharhlash
2024-05-16 13:05:06
Rus tilini yaxshi biladigan 1200 nafar yurtdoshimizni Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda

Oylik maosh
qo‘lga tegadigani 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;

haftasiga 5 kun ish;

xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.

E'tibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi
.

Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.

Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Roʻyxatdan oʻtish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
69.1K views10:05
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:16:26
#Eslatma

Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
83.8K views07:16
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:06:28
Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z. ni 10 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
83.5K views05:06
Ochish/sharhlash
2024-05-15 16:39:51
Endi navbat Ruminiyaga

Ruminiyada ishlash uchun ilk marta 18 nafar yurtdoshimiz ishchi vizasini oldi.

Ular yaqin kunlarda ushbu davlatga jo‘nab ketadi.

Barchasi haqida batafsil axborot kanallarimizda xabar beramiz.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
89.4K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2024-05-15 14:12:31
Noqonuniy mehnat migranti turli muammolarga uchrashi mumkinmi?

Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida so‘z yuritiladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
87.7K views11:12
Ochish/sharhlash