Get Mystery Box with random crypto!

#Vatandoshlar_bilan_muloqot Rossiya Federatsiyasi Tashqi me | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
Rossiya Federatsiyasi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Amurdagi “Noxodka”, Tuladagi “DobroFlot”, Yekaterinburgdagi “Elektronstroy”, Megiondagi “Jilishno-kommunalniy otdel”, Nijnevartovskdagi “Obnefteremont” va Ufadagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Unda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish