Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni vaʼda qilgan s | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z. ni 10 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish