Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizn | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish