Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slova | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Ayni omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.

Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.

Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube