Get Mystery Box with random crypto!

#qotillik #migrant #Rossiya Oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lg | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#qotillik #migrant #Rossiya
Oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lgan er... xotinini o‘ldirdi

Moskva yaqinidagi kafe yaqinidagi avtoturargohda xotinini bosib ketgan erkak oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xotinini yaxshi ko'rgan, lekin ayol undan ajrashishni istagan.

Ularning egizak oʻgʻillari ayni paytda ota-onasi bilan Oʻzbekistonda. Erkak ham qilgan ishidan juda pushaymon ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Minsk shossesidagi kafe yaqinida erkak mashinasi bilan xotinini bosib o‘tgan edi. Jabrlanuvchi mashina urib ketganidan so‘ng og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq ayol kasalxonada vafot etgan. Mojayskda yashovchi gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Keyinroq internetda hujumchi jabrdiydasini bosgan lahzani aks ettiruvchi video chop etildi.

Jabrlanuvchining dugonasi erkak ayolini doimo kaltaklaganini aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, ayol erini ko'p marta tashlab ketmoqchi bo'lgan, ammo u qo'yib yubormagan.

Migrantlar o‘zga yurtga ayolini ham olib ketishi kerakmi? Ayrim muhojirlar o‘z yurtida tinch yashagan oilalar ham muhojirlikda turli sabablar bilan ajrashib ketayotgani, ba’zan yuqoridagidek mash’um voqealar ham yuz berayotganini yozishadi.

Fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz