Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlarida baholash mezonlari | Magistrlar Official
Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlarida baholash mezonlari quyidagicha bo'ladi
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yilida o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar). 📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg. 📱https://www.instagr...