Get Mystery Box with random crypto!

#XUSHXABAR #xalqaro_reyting Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliy | Magistrlar Official

#XUSHXABAR
#xalqaro_reyting

Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.

Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ikki universitet jamoasini oldiga qoʻygan maqsadlariga erishganlari bilan samimiy tabriklaydi.

@magistrlarofficial