Get Mystery Box with random crypto!

Maktab vaqtimda “kam ta’minlangan oilalardan nechi kishi bor?” | Magistrlar Official

Maktab vaqtimda “kam ta’minlangan oilalardan nechi kishi bor?” — deb darsni oʻrtasiga kirib kelishardi, kech kuz boshlanishi bilanoq.

Shunda sharoiti yaxshi boʻlmagan bolalarni oʻqituvchi sinf jurnalidan bittalab ism-familiyasini oʻqiy boshlardi.

Yildan yilga ulgʻayarkanmiz sinfdoshlarim bu holatdan hijolat boʻla boshlashardi. Adashmasam, 8 yoki 9-sinfda hech kim maktabdan kiyim olmagandi.

Man u vaqtda ularni ichidan oʻtadigan narsalarni sezmaganman, hozir ham boricha his qilolmasam kerak.

Qozoq kinoijodkorlarining seriallaridan olingan shu 30 soniyali video biz qardosh xalqlar jamiyatidagi eng ogʻriqli nuqtalardan birini yaxshi koʻrsatib beribdi…

@magistrlarofficial