Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
Имтиёз
All tags
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Магістратура
Tayinlov
Биласизми
Savollarga
Rasmiy
Устама
Chet
Sõragan
Имтиёз
All tags
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.83K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-06-26 15:11:00
Magistraturaga qabul

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida tahsil olib, sanoat sohasidagi kvant texnologiyalarini loyihalovchi kuchli mutaxassisga aylanishingiz mumkin.

Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.

O‘qish davomiyligi: 2 yil
Kontrakt miqdori: 15 mln. so'm (1 yilga).

Talablar: Ingliz tilidan minimum IELTS 5.5, CEFR B2, TOEFL iBT 46 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
fizika va matematikadan yozma imtihon topshirish,
bakalavr diplomiga ega bo‘lish.

O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply/masters

Hujjatlar qabuli 12-avgustga qadar davom etadi.
7.9K views12:11
Ochish/sharhlash
2024-06-26 12:39:00
Bu yil abituriyentlarni qanday yangiliklar kutmoqda?

muxbir: Muhiddin Ergashev

#Toshkent shahri

@hududtv
7.9K views09:39
Ochish/sharhlash
2024-06-26 08:39:32 Endi talabalarga 2 xil grant beriladi

Yangi o'quv yilidan talabalarga beriladigan grant ijtimoiy rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti turlariga ajratilmoqda.

Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi ta’lim granti qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi. Ular bu grantni to o‘qishni tugatguncha saqlab qoladi.

Ta’lim granti esa umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga 1 yilga beriladi, keyingi yildan yana bilimli talabalarning o‘zlashtirishiga qarab taqsimlanadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.7K views05:39
Ochish/sharhlash
2024-06-26 08:01:03 Абитуриентлар тест учун тўловларни бугун ҳам амалга оширса бўлади

Тестга кириш учун талаб этиладиган тўловни амалга оширишнинг сўнгги муддати бугун, 26 июнь соат 23:59 гача этиб белгиланди.

Бугундан кечиккан абитуриентлар тест синовларига қўйилмайди.

Ҳужжат топшириш эса кеча, аниқроғи 25 июнь, соат 23:59 да якунланди.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
11.9K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2024-06-26 06:12:52
Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Knight-Hennessy Scholars granti

Talablar
— Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlariariza berishi mumkin;
— TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball.

Foydali tomonlari
— 3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchunmablag' ajratiladi(ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
10.10.2024 01:00

Rasmiy havola: https://knight-hennessy.stanford.edu/program-overview

Hujjat topshirish: https://gradadmissions.stanford.edu/apply/apply-now

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group
16.7K views03:12
Ochish/sharhlash
2024-06-25 20:30:11 Xorijda magistratura bosqichida o'qimoqchimiz? Arizangizda quyidagilarni namoyish qilish ustunlik beradi

Kasbiy malaka:

Tegishli ish tajribasi: Hujjat topshirayotgan sohangizda professional tajriba.
Loyiha boshqaruvi: loyihalarni samarali boshqarish, belgilangan muddatlarga rioya qilish va natijaga erishish salohiyati.
Jamoada ishlash va hamkorlik.

Shaxsiy sifatlar:

Motivatsiya va ishtiyoq.
Muloqot ko'nikmalari: Kuchli yozma va og'zaki muloqot ko'nikmalari.
Yetakchilik: darsdan tashqari ishlarda yetakchilik tajribasi.
Moslashuvchanlik va bosimga chidamlilik.

Qo'shimcha ko'nikmalar:

Taym-menejment: vaqtni samarali boshqarish va mas'uliyatni bo'yniga olish.
Netvorking: professional munosabatlarni o'rnatish va undan foydalana olish.

grantgouz

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.7K views17:30
Ochish/sharhlash
2024-06-25 19:30:09
TURK TILINI TURK USTOZDAN oʻrganing va qisqa vaqtda B2 va C1 darajani qoʻlga kiriting.

Xabaringiz bor haqiqiy turk ustozlari 550ming, 700ming va hatto 1milliyondan ham qimmat narxlarda dars oʻtadilar. Bu esa oʻzbekistonlik turk ixlosmandlari uchun juda qimmat.
Biz ham aynan mana shu muammoni bartaraf etish maqsadida malakali turk ustozimiz ARZU HOCA bilan birgalikda siz azizlar uchun nihoyatda arzon online dars ochishga qaror qildik.
KURS DAVOMIYLIGI: 2 OY

VAQTI: HAFTADA 3 KUN 21.00dan 23:00 gacha

QABUL QILINISH DARAJASI: A2+

KURS NARXI: 300 ming

Kurs shakli: telegram guruhida

Darsning samaradorligini oshirish maqsadida har darsda lug‘at so‘raladi va  o‘tilgan darslarning video va audiolari guruhga joylab boriladi.
Bizda A1 va A2 darslarini endi boshlagan oʻquvchilar uchun oʻzbek ustozlarimiz oʻtadigan darslarimiz ham mavjud.
Shoshiling oʻquvchilar soni cheklangan

TURK TILI HAQIDAGI ENG FOYDALI KANAL:

https://t.me/turkHP

Murojaat uchun:
@xolmurodov74
10.9K views16:30
Ochish/sharhlash
2024-06-25 14:46:12 Rasman: Xususiy oliygohlarga yurisprudensiya yo'nalishi uchun ruxsat berilmoqda

Toshkent xalqaro universiteti yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi uchun litsenziyani qo'lga kiritdi. Hozirda TIU yurisprudensiya yo'nalishi mavjud xususiy oliygoh bo'lib turibdi.

Oliygohda kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli uchun qabul ochilib, kontrakt narxi 22-28 mln so'm etib belgilandi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.2K views11:46
Ochish/sharhlash
2024-06-25 14:03:17
#LIVE
#MATBUOT_ANJUMANI

“Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o‘tkaziladigan MATBUOT ANJUMANI bo’lib o’tmoqda.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.1K viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash
2024-06-25 11:12:23
Xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizlik kvota doirasidagi imtiyoz shaxsiy kabinetda ko'rina boshladi.

Ma'lumot uchun Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar (50,1 %) xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan, 18 372 nafar (49,9%) talabgorga tavsiyanoma berish rad etilgan.



@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.4K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash