Get Mystery Box with random crypto!

Avvallari yaxshi kitob topish qiyin ish edi. Shukrlar bo'lsin | Jahongir Nematov | Blog

Avvallari yaxshi kitob topish qiyin ish edi. Shukrlar bo'lsin hozir kitob do'koniga borsangiz, hamma pulni ishlatib, kamiga "Mana bu kitobni ololmadim..." degan armon bilan qaytasiz.

Lekin, endi yangi muammo paydo bo'ldi. Kitoblar ko'p, hammasini o'qishga esa vaqt yetmaydi.

Shu uchun bunday qiling:
1. Kitobning 50 sahifasini o'qing
2. Agar 50 sahifa ichida o'ziga "tortib" olmagan bo'lsa, yangi kitobni boshlang. Buni o'qimang!
3. Agar ishonch komil bo'lmasa, 100 sonidan yoshingizni ayiring (masalan: 100 - 30 = 70) va yana shuncha bet o'qing. (yana 70 bet)
4. Kitob yoqmagan bo'lsa yangisini boshlang.

P.S
Yoqmaydigan kitob vaqtni, asabni va kitobga bo'lgan mehrni yo'qotadi.

@jahongirnematov_blog