Get Mystery Box with random crypto!

Miya Negativni Tushunmaydi Miyamiz qilma degan narsani qilish | Jahongir Nematov | Blog

Miya Negativni Tushunmaydi

Miyamiz qilma degan narsani qilishga undaydi.

- "Muzlatkichni ochma" deyilsa, borib baribir ochadi
- Bolaga "Bu narsaga teginma" deyilsa, ataylab teginadi
- "Qizlar haqida o'ylama" deyilsa, hohlamasa ham o'ylaydi
- "Bu odamni ma'ruzalarini eshitma" deyilsa, shuni topib, eshitadi.
- "Bekor yotgandan ko'ra foydali ish qil" deyilsa, bekorchiligi yanada ziyoda bo'ladi.

Shuning uchun boshqalarga maslahat berayotganda birdaniga yechimni yoki sababini bering.


Masalan: "Telefonni o'chir, foydali ish qil" deb baqirishni o'rniga,

"Bilim olishni o'rniga bekorchilik qilib, vaqtingni, umringni isrof qilma. Chunki, ongsizlik, diniy va zamonaviy bilimlarni olmasdan, qorinni qashlab, кайф qilib yotganimiz sababli butun Turkiston o'tgan asr davomida qaram bo'ldi.

Avtomat, pulemyot bilan kelgan g'animlarga qarshi ketmon bilan yugurishdi. Ittifoq qilishni o'rniga, bir-birini sotishdi. Kaltafaxmligidan rostni yolg'ondan ajrata olmay, qahramonlarini "kofir" deb o'ldirishdi. Millat uchun kurashish o'rniga, qaramlikni ustun ko'rishdi.

Mana shu fojia qaytarilmasligi uchun diniy, zamonaviy bilimlarni o'rganish, va ularga amal qilish, dunyoqarashni kengaytirish kerak" desa bo'ladi.

P.S.
Bu motivatsiya emas. Bu - qayg'uli fakt (

@jahongirnematov_blog