Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi kunlarda YouTube, Instagram segmentida 2-3 daqiqalik mo | Jahongir Nematov | Blog

Oxirgi kunlarda YouTube, Instagram segmentida 2-3 daqiqalik motivatsion videolar ko'payib ketdi. Mening shaxsiy fikrim shuki, bunday videolardan iloji boricha masofa saqlash kerak.

Chunki bu videolar:
Yuqumli. Ya'ni siz bittasini ko'rasiz, ortidan yana bitta, yana bitta va shunday ketaveradi. Bu aksariyat holatlarda vaqtni zoe ketishidir.

Foydasi past. Juda ko'p holatlarda bunday videodan keyin sizda o'zgarish bo'lmaydi. Video ko'rishdan oldingi holat bilan video ko'rishdan keyingi holat deyarli bir xil bo'ladi.
"Samaradorlikni 10x oshirish" videosidan keyin, birinchi qiladigan ishingiz video pastidagi "Xotirani 10x oshirish" videosini ko'rish bo'ladi va shunday ketaveradi. Amalda qo'llash deyarli bo'lmaydi

O'zi biror bir maslahatni amalda qo'llash uchun hayotdan "tepki" yeyish kerak bo'ladi.
- Kasal bo'lib yotib qolganingizdan keyin yugurishni boshlaymiz.
- Sessiyadan yiqilgandan keyin tayyorgarlikni "удар" qilamiz...

P.S
Bu mening o'ta shaxsiy fikrim.

@jahongirnematov_blog