Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-05-17 10:57:43
Oʻqish bepul universitetlar: Gamburg universiteti (Germaniya)

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 136-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 332 haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 31-mart yoki 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-gamburg-universiteti-universitat-hamburg/

@grantlar
11.3K views07:57
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:43:55
Xitoyda to'liq grant asosida ta'lim oling!

Dunyo TOP 1000 talik reytingida turuvchi Xitoyning nufuzli universitetlarida full shholarship uchun hozirda qabul jarayonlari boshlangan.

Eng muhimi ushbu universitetlarga xech qanday til sertifikatisiz hujjat topshirish imkoniyati bor.

To'liq grant o'zi ichinga nimalarni oladi:
5 yil davomida mutloq bepul ta'lim
Bepul yotoqxona
Xar yili 3000$ stipendiya
Universitet tomonidan aviabilet

Faqatgina "China Consulting" orqali siz ushbu dasturga ega chiqishingiz mumkin bo'ladi!

Ariza qoldirish uchun BU SHAKLNI to'ldiring.

Onlayn konsultatsiya

Batafsil ma'lumot uchun:
949239559 | 930087791
11.1K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2024-05-17 06:02:00
Xalqaro shaxmat federatsiyasidan ijodiy ishlar tanlovi: bosh mukofot 800 yevro

Ishtirokchilardan tegishli mavzularga bagʻishlangan poster (rasm) yaratish talab etiladi.

Ishtirokchilar qoʻlda chizilgan va/yoki sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan ishlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-oʻringa 800 yevro, 2-oʻringa 500 yevro va 3-oʻringa 300 yevro pul mukofoti
– Sovrindorlarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi

Ishlar 2024-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/xalqaro-shaxmat-federatsiyasidan-ijodiy-ishlar-tanlovi/

@grantlar
12.4K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-16 14:39:13
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
12.9K views11:39
Ochish/sharhlash
2024-05-16 11:47:24
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
12.5K views08:47
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:02:23
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 65 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 10 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
13.2K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-05-16 06:02:02
DAAD Helmut-Schmidt-Programme: Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant!

Bu grant davlat siyosati, boshqaruv, ijtimoiy himoya, tinchlik va nizolarni oʻrganish kabi sohalarda magistraturani oʻqish uchun taqdim etiladi. Aksairyat magistrlik dasturlari ingliz tilida, ayrimlari ham ingliz, ham nemis tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Germaniyaga borish va kelish xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Turar joy uchun mablagʻ
– 6 oygacha bepul nemis tili kursi va boshqalar

Arizalar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/daad-helmut-schmidt-programme-germaniyada-magistraturani-oqish-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanuvchi-grant/

@grantlar
15.1K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-15 12:02:00
Ayol-qizlarga magistraturani Qozogʻistonda oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur ayol qizlarga Qozogʻistondagi DKU universitetida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish boʻyicha magistraturada oʻqish imkonini beradi.

Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant imtiyozlar:

– Kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi
– Oylik stipendiya beriladi
– Qozogʻistonga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza xarajatlari qoplanadi (zarur boʻlsa)

Arizalar 2024-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/young-women-in-renewable-energy/

@grantlar
15.5K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2024-05-15 11:17:41
Janubiy Koreyaning TOP universitetlarida 100% GRANT asosida oʻqishni xohlaysizmi?!

Koreaga navbatdagi ajoyib taklif. Endi siz 400$ kontrakt asosida o’qishingiz mumkin.

Endi IELTS 5.5 va TOPIK 2 bilan 100% gacha grant yutib, kasbiy ta'limda o'qishingiz mumkin.
Shuningdek, universitet o'qishni muvaffaqiyatli tugatganlarga 5-yilgacha (E-7) ishchi vizani olib berishga kafolat beradi.

Bakalavr va magistratura uchun ham 100% grantlar.

O'zbekiston talabalari uchun haftada 1 yoki 2 kunlik o'qish, qolgan kunlari ishlash imkoniyatlari. Bunda universitet sizni part-time job bilan ta'minlaydi.

Universitetga ariza topshirish badalini (Application fee) talab qilmaydi.

Bank schyotlarsiz qabul.

Joylar soni chegaralangan va qa'bul yopilishiga oz muddat qoldi.

Batafsil ma'lumot:

+998942393535
+998900654042
Onlayn murojaat

Telegram kanalimiz
15.8K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2024-05-15 06:02:00
“Duel loyihasi”: 15–30 yosh oraligʻidagi shoirlar uchun tanlov; mukofot jamgʻarmasi 424 mln soʻm

Tanlovda kattalar va bolalar sheʼriyati yoʻnalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oraligʻidagi barcha shoirlar qatnashishi mumkin.

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
– Onlayn (saralash bosqichi)
– Viloyat
– Respublika

Mukofotlar: Turli bosqich gʻoliblari elektron qurilmalardan 50 mln soʻmgacha boʻlgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 29-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/duel-loyihasi-15-30-yosh-oraligidagi-shoirlar-uchun-tanlov/

@grantlar
17.2K views03:02
Ochish/sharhlash