Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-05-03 06:02:00
”IQtidorli” yoshlar oromgohi: STEM sohasidagi yoshlar va ustozlar uchun 1 haftalik yozgi dastur

Bu oromgohda ishtirok etuvchi (oʻquvchi) yoki bilim ulashuvchi (mentor) sifatida qatnashish mumkin.

Oʻquvchilar uchun yosh chegarasi – 15-25 yosh, mentorlar uchun esa 25-45 yosh.

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil may-iyun oylarida Toshkentning Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/iqtidorli-yoshlar-oromgohi/

@grantlar
23.9K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-02 11:02:21
Italiyaning Tusha universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Mazgur dastur Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) hamkorligida tashkil etilgan.

Dastur doirasida jami 20 nafar oʻzbekistonlik talabaga tegishli magistrlik dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grant ajratiladi (oʻqish ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar (har bir talaba uchun):
– oʻqish bepul
– 7000 yevro yillik stipendiya
– safar va oʻquv adbiyotlari xarajlari uchun yiliga 2500 yevro mablagʻ

Arizalar 2024-yil 24-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/italiyaning-tusha-universitetida-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
19.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2024-05-02 07:46:00
ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun eng yaqin dedlayn: 2024-yil, 31-may
Batafsil
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar
19.6K views04:46
Ochish/sharhlash
2024-05-02 06:02:00
“WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi boshlandi – mukofot jamgʻarmasi 375 mln soʻm!

Bu marafonda yoshidan qatʼi nazar barcha qatnashishi mumkin. Nomzodlardan 5 kishilik jamoa sifatida roʻyxatdan oʻtish va marafon davomida oʻzbekcha Vikipediyaga kontent joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 150 mln soʻm
– 2-oʻrin: 125 mln soʻm
– 3-oʻrin: 100 mln soʻm

Ishtirok etish uchun butun marafon mobaynida (2024-yil oktabrgacha) roʻyxatdan oʻtish mumkin. Lekin imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya etiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/wikistipendiya-marafoni/

@grantlar
20.6K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-01 06:02:00
“Universe” volontyorlar maktabi: Oʻzbekistonda volontyorlik sohasiga qiziquvchilar uchun 2 oylik shaxsiy rivojlanish dasturi

Bu dasturga volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar ariza berishi mumkin.

Maksimal 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi hamda ular 2 oylik oʻquv kurslari va amaliyot dasturida qatnashadi (Oʻzbekistonda).

Manfaatli jihatlar:
– qatnashish bepul
– mutaxassislardan yangi koʻnikmalarga ega boʻlish
– amaliyot asosida tajriba orttirish
– tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantirish
– nutq qobiliyatini rivojlantirish;
– loyiha soʻngida maxsus sertifikatlar, nominatsiyalar va esdalik sovgʻalariga ega boʻlish va boshqalar

Maktabga qabulning saralash bosqichida qatnashish uchun 2024-yil 5-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil
https://grantlar.uz/universe-volontyorlar-maktabi/

@grantlar
24.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-30 16:29:38
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1454 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 792 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
21.0K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-04-30 13:22:31
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
14.6K views10:22
Ochish/sharhlash
2024-04-30 07:05:09
“Daryo” nashridan qisqa hikoyalar tanlovi

Bu tanlovda yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilardan 55 soʻzdan oshmagan qisqa hikoya yuborish talab etiladi. Hikoyalar istalgan janrda yozilishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: 30 ta kitob
– 2-o‘rin: 20 ta kitob
– 3-o‘rin: 10 ta kitob

Hikoyalar 2024-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/daryo-nashridan-qisqa-hikoyalar-tanlovi/

@grantlar
15.7K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash
2024-04-29 18:10:16
AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), kamida bakalavriatni bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2024-yil oktabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 197 000 JPY (1300 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar
14.4K views15:10
Ochish/sharhlash
2024-04-29 06:02:02
Buyuk Britaniya: Ayol-qizlar uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant!

Swansea universiteti Tibbiyot, sog'liqni saqlash va hayot haqidagi fanlar fakultetidagi magistratura kurslarida o'qish uchun ayol-qizlarga grant taklif etadi.

Grant magistraturada o'qish pulidan to'liq ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 26-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-xotin-qizlar-uchun-magistraturada-oqishga-toliq-grant/

@grantlar
17.4K views03:02
Ochish/sharhlash