Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-05-23 10:15:48
Turing Day Hackathon 2024: dasturlashga qiziquvchilar uchun onlayn xakaton!

Bu xakatonda dasturlashga qiziquvchi barcha (veb-developer, dasturiy taʼminot muhandisi, dizayner va h.k.) qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar berilgan vazifani jamoa sifatida bajarishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 AQSH dollari
– 2-oʻrin: 300 AQSH dollari
– 3-oʻrin: 200 AQSH dollari
– Shuningdek, ishtirokchilar oʻz ishlarini potentsial hamkorlarga namoyish qilish imkoniga ega boʻladi

Arizalar 2024-yil 23-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/turing-day-hackathon

@grantlar
16.7K viewsedited  07:15
Ochish/sharhlash
2024-05-23 06:30:43
Community Engagement Exchange (AQSH): yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 21-27 yoshli fuqarolik jamiyati yetakchilari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar 1 yillik ushbu dastur doirasida AQSHda 3 oy amaliyot oʻtaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishga yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun aviachipta.
– Favqulodda holat va tibbiy sugʻurta.
– AQSHdagi amaliyot davrida turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 2-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/community-engagement-exchange-aqsh-21-28-yoshli-yetakchilar-uchun-1-yillik-malaka-oshirish-dasturi/

Foydali:

Shu dastur gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
16.7K views03:30
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:23:23
AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), kamida bakalavriatni bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2024-yil oktabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 197 000 JPY (1300 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar
17.3K views12:23
Ochish/sharhlash
2024-05-22 10:49:00
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

Au Pair qanday dastur?

Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

Qanday hujjat topshirish mumkin?

Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
18.7K views07:49
Ochish/sharhlash
2024-05-22 06:02:02
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Ushbu McGraw Fellowship for Business Journalism dasturiga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar 2024-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-loyihalar-tanlovi-mukofot-15-000/

@grantlar
6.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-21 08:14:28
SILK ROAD ACADEMIYASI
birgina suhbat orqali talaba boʻlish imkoniyatini yana bir bor sizlarga taqdim qiladi!

Janubiy Koreyaning TOP milliy universitetlardan biri - KANGWON MILLIY UNIVERSITETI 3- round uchun suhbat orqali qabulini e'lon qiladi.

Ta'lim yo'nalishi: Global biznes
Deadline: 2024.05.24
Scholarship: 20-100%

Suhbat olish manzillari:
• Samarqand

Qabulda biroz o'zgarish:
TOPIK 3+
IELTS 6+ ga ega bo'lgan talabalargina suhbatga yozilishlari mumkin. Sabab sizni endi bu universitet xam E-VIZA bilan kutib oladi.

Ariza berish uchun 24-mayga qadar quyidagi kontaktlarga bog'lanishingiz mumkin.

+998902839806
+998932849806

@SilkRoad_Academy1
@SilkRoad_Academy3

Qoʻshimcha malumotlar uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Instagram | Telegram
Facebook | You Tube
11.6K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2024-05-21 06:02:02
“Daryo” nashridan qisqa hikoyalar tanlovi

Bu tanlovda yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilardan 55 soʻzdan oshmagan qisqa hikoya yuborish talab etiladi. Hikoyalar istalgan janrda yozilishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: 30 ta kitob
– 2-o‘rin: 20 ta kitob
– 3-o‘rin: 10 ta kitob

Hikoyalar 2024-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/daryo-nashridan-qisqa-hikoyalar-tanlovi/

@grantlar
13.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-20 18:31:00
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Qabul uchun kamida IELTS 6.0 talab etiladi (TOPIK talab etilmaydi).

Oʻqish uchun turli grantlar ham taklif qilinadi.

Magistraturaga qabul jarayonlari 2024-yil 27-maydan 12-iyungacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

Oʻzbekistonlik talaba qiz videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
13.9K views15:31
Ochish/sharhlash
2024-05-20 06:02:00
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2025-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
15.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-19 17:46:04
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
16.5K views14:46
Ochish/sharhlash