Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.80K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-11 06:02:02
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2024-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
15.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-10 06:02:02
Oʻqish bepul universitetlar: Berlin ozod universiteti (Germaniya)

Bu universitet dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 98-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 312,89 yevro badal toʻlanadi (bu semestr badali, 1 semestrlik jamoat transporti chiptasi, ijtimoiy toʻlov va boshqalarni oʻz ichiga oladi)
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
Arizalar yiliga 2 marta (qishki va kuzgi semestr uchun) qabul qilinadi. Yoʻnalishga qarab, qabul sanalari nihoyatda farq qiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-berlin-bepul-universiteti-freie-universitat-berlin/

@grantlar
18.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:47:35
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
16.3K views15:47
Ochish/sharhlash
2024-05-09 12:03:25
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2024-2025-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1456 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
15.8K views09:03
Ochish/sharhlash
2024-05-09 06:02:02
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ipak Yoʻlini ochib bering: bayramlar va marosimlar orqali

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2024-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
12.7K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-08 17:15:38
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1462 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
13.6K views14:15
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:40:42
“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi; gʻolibga – Iphone 15 pro max!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga tegishli mavzular boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
Hakamlar e’tirofi bo‘yicha:
1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
2-o‘rin – HP Victus
3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9

Muxlislar ovozi bo‘yicha:
1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
2-o‘rin – HP Victus
3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9

Ishlar 2024-yil 20-may, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ezgulik-turkumidagi-ijtimoiy-videoroliklar-tanlovi

@grantlar
14.6K viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2024-05-08 07:15:29
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
15.3K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-05-07 14:08:33
OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!

Yozgi maktab mashgʻulotlari 2024-yilning 5-30-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

Arizalar 2024-yil 6-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-qirgizistonda-4-haftalik-yozgi-maktab-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
17.2K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2024-05-07 06:20:16
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.
– Gʻolib AQSHdagi 4 haftalik rezindensiya dasturida qatnashish imkoniga ega boʻladi (3000 dollar gonorar beriladi).

Hikoyalar 2024-yil 24-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
13.3K views03:20
Ochish/sharhlash