Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-30 06:02:00
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 37-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 72 yevrodan 102 yevrogacha haq toʻlanadi.
– Talabalarga jamoat transportidan foydalanish uchun chegirmali oylik chipta.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-technical-university-of-munich-germaniya/

@grantlar
12.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-29 12:16:02
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2024- yoki 2025-yil bitiradiganlar yoki 2023-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2024-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
13.9K views09:16
Ochish/sharhlash
2024-05-29 10:47:00
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2024-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

BATAFSIL MA'LUMOT

@grantlar
13.5K views07:47
Ochish/sharhlash
2024-05-29 06:01:02
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 15 300 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2024-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
19.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-05-28 10:28:51
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2024-yil 1-sentabr.

Batafsil
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
17.4K views07:28
Ochish/sharhlash
2024-05-28 06:02:02
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
16.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-27 15:22:56
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2025-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
15.0K views12:22
Ochish/sharhlash
2024-05-27 13:16:52
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 420 nafar talabani (300 nafar magistr, 120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (440-820 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2024-yil 15-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2024-yil 5-iyulgacha

Batafsil
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
16.0K viewsedited  10:16
Ochish/sharhlash
2024-05-27 07:50:02
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (660 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
18.2K views04:50
Ochish/sharhlash
2024-05-26 18:16:00
Universitet yoki tadqiqot markazi xodimlari uchun Germaniyada 6 oylik dastur

Bu dasturga ijtomiy va/yoki gumanitar fanlar sohasida yuqori tadqiqot tajribasiga ega doktorantlar va tadqiqotchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar turli seminar, maʼruzalar va konferensiyalarda qatnashadi (ingliz tilida). Dastur 2025-yil 1-martdan 1-sentabrgacha davom etadi.

Moddiy imtiyozlar:

– 3050 evrodan 7100 yevrogacha stipendiya
– Viza xarajatlari qoplanadi
– Oila aʼzosi uchun yordam mablagʻi ham mavjud

Arizalar 2024-yil 11-iyul, soat 02:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/international-senior-fellowship-programme/

@grantlar
18.2K views15:16
Ochish/sharhlash