Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.08K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-04-28 06:03:02
IUCN Leaders Forum: 18-35 yoshlilar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik forum

Dastur 2024-yil 8-10-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Bioxilma-xillikka va tabiat muhofazasiga hissa qoʻshayotgan yoki kelgusiga hissa qoʻshuvchi innovatsion loyihalar ustida ishlayotgan 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Forumda bepul ishtirok
– Bepul turar joy
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat

Arizalar 2024-yil 28-may 22:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/iucn-leaders-forum-18-35-yoshlilar-uchun-shveytsariyada-3-kunlik-forum/

@grantlar
13.3K views03:03
Ochish/sharhlash
2024-04-27 08:13:34
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 611-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (65 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2024-yil 15-iyul
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2024-yil 15-iyun

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
16.7K viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2024-04-26 12:12:42
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (660 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
16.0K views09:12
Ochish/sharhlash
2024-04-26 10:31:00
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2024-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

BATAFSIL MA'LUMOT

@grantlar
13.4K views07:31
Ochish/sharhlash
2024-04-26 10:02:33
Endi JOONGBU UNIVERSITY KDB bank schyotini talab qilmaydi!

Silk Road Academy endi JOONGBU UNIVERSITETI uchun 2024-yil kuzgi qabulga magistratura va PhD talabalariga E-VIZA berish uchun qabulni boshladi.

Endi sizni 100% viza kutyapti!

————————————————
JOONGBU UNIVERSITETI vakillari KUZGI QABUL uchun suhbat olgani kelmoqda.

Xalqaro aloqalar bo'yicha Prorektor PhD KIM WOOSUK,
Xalqaro aloqalar bo'yicha CIS menegeri DJAMALOV M.

Ikkita kampus: Seoul va Daejeon

Koreyan Track bo'yicha barcha yo’nalishlar mavjud.

Bakalavr
English Track:
1. International Trade
2. Hotel Business Major
3. Health Administration

Doktorantura
English Track: International Trade

Scholarship:
– IELTS 5.5+ 30%
– TOPIK 3 -> 30%
4 -> 40%
5 -> 50%
6 -> 60%

Bakalavrlarda semestr davomida qoʻshimcha 20% gacha chegirma olish imkoniga ega.

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi 100% gacha.


Suhbat sanasi:
Andijon – 30-aprel
Toshkent – 4-may
Samarqand – 3-may

Murojaat uchun:
+998932849806
@silk_road_academy
@SilkRoad_Academy3

Instagram | Telegram
Facebook | You Tube
12.8K viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2024-04-26 06:02:02
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
15.9K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-25 12:31:04
Yosh jurnalist va blogerlar uchun OSCE Akademiyasidan 5 kunlik yozgi maktab – xarajatlar qoplanadi!

Bu maktab 2024-yil, 17-24-iyun kunlari Qirgʻizistonda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Ishtirok uchun asosiy talablar:
– 18-25 yosh boʻlish
– Bakalavriat yoki magistratura talabasi yoki shu bosqichlardan birini yaqinda tamomlagan bitiruvchi boʻlish
– Ingliz tilida erkin muloqot

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Qirgʻiziston ichidagi transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-aprel, 11:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/summer-media-mastery-school/

@grantlar
14.1K views09:31
Ochish/sharhlash
2024-04-25 06:02:02
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
13.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-24 17:47:52
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
13.0K views14:47
Ochish/sharhlash
2024-04-24 14:20:17
Italiyaning mashhur Milan universitetida magistraturani oʻqish uchun 155 ta toʻliq va qisman grant!

Grantlar Milan universitetidagi istalgan magistrlik kursida oʻqish uchun beriladi (ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin).

Grant imtiyozlari:
– 100 nafar talabaga toʻliq grant beriladi: talaba universitetdagi barcha badallardan (toʻlovi, kitoblar haqi va hk) toʻliq ozod qilinadi.
– 55 nafar talabaga qisman grant beriladi: universitetdagi barcha badallar uchun 8000 yevro chegirma qilinadi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/university-of-milan-excellence-scholarships/

@grantlar
13.3K views11:20
Ochish/sharhlash