Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 81.03K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-05-20 18:31:00
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Qabul uchun kamida IELTS 6.0 talab etiladi (TOPIK talab etilmaydi).

Oʻqish uchun turli grantlar ham taklif qilinadi.

Magistraturaga qabul jarayonlari 2024-yil 27-maydan 12-iyungacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

Oʻzbekistonlik talaba qiz videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
13.9K views15:31
Ochish/sharhlash
2024-05-20 06:02:00
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2025-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
15.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-19 17:46:04
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
16.5K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-05-19 15:09:59
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga alohida mukofot
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2024-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
14.7K views12:09
Ochish/sharhlash
2024-05-19 11:01:00
Grant dasturini sizga taklif qilamiz

Top universitetlarda 100% grany asosida o'qishni xohlaysizmi?

Koreaga navbatdagi ajoyib taklif: endi siz 100% grant asosida o'qishingiz mumkin.

400$ kontrakt asosida kasbiy ta'limda o'qish imkoni.

Elektron-visa.
Visa chiqishi 100% kafolatlangan. Hech qanday bank schyotlarsiz va ota-ona yillik daromadlarisiz.

Shuningdek, universitet o'qishni muvaffaqiyatli tugatganlarga 5-yilgacha (E-7) ishchi vizani olib berishga kafolat beradi.

Universitetga ariza topshirish badali (Application fee) to'lanmaydi.

Polsha universitetlariga 100% grant asosida o'qish imkoni.

Turkiyada hech qanday til sertifikatlarsiz talaba bo'lish imkoni va 100% chegirma e'lon qilganmiz.

Qa'bul yopilishiga oz muddat qoldi.

Batafsil ma'lumot:

+998942393535
+998900654042
Onlayn murojaat

Telegram kanalimiz
15.4K views08:01
Ochish/sharhlash
2024-05-19 09:42:33
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2024-yil, kuzning 1-haftasidan noyabr oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
16.6K views06:42
Ochish/sharhlash
2024-05-18 12:46:00
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
16.6K views09:46
Ochish/sharhlash
2024-05-18 06:13:21
Tabiatdagi oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar sayyoramizda tabiat bilan bogʻliq oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1275 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (637 AQSH dollari)

Arizalar 2024-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
17.5K views03:13
Ochish/sharhlash
2024-05-17 19:01:02


Tarixda qismati eng ziddiyatli va ayanchli kechgan ziyolilar – jadidlar edi.

Ular barcha sohada yangilik yarata olgan. Shuning uchun ham jadidlarning faoliyati har qanday soha vakili uchun qiziq.


Sizlarga tavsiya qilinayotgan kanal jadidlarning barcha sohalardagi kashfiyotlari va bugungi zamon jadidlari toʻgʻrisida maqolalar, shuningdek, hayotimizda ildiz otgan turli illatlar haqida qizgʻin fikrlar, qiziqarli viktorinalar berib boradi.

Ulanib qoʻying, sizga albatta foydali boʻladi: @jadid_media
5.6K views16:01
Ochish/sharhlash
2024-05-17 17:31:42
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2024-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
7.6K views14:31
Ochish/sharhlash