Get Mystery Box with random crypto!

Vashington kundaligi

Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi V
Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi
Kanal manzili: @bmamadiev
Toifalar: Bloglar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.43K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyoda bo'layotgan eng muhim voqealarga Vashingtondan nazar.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-13 02:51:17
AQSh federal sudi sobiq prezident Donald Tramp uyidan tintuv paytida topilgan va olib ketilgan hujjatlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatning to'rtta joyida "Turli xil o'ta maxfiy hujjatlar" va yana uchta joyida "Turli xil maxfiy hujjatlar" borligini ko'rish mumkin.

Qonunga ko'ra, prezident Oq uyni tark etgandan keyin maxfiy hujjatlarni o'zi bilan olib ketishi mumkin emas.

@bmamadiev
3.6K views23:51
Ochish/sharhlash
2022-08-12 23:02:21 Qrimda nima bo'ldi?

Shu hafta Qrimdagi Rossiya harbiy havo bazasida yuz bergan portlash ko'p muhokamalarga sabab bo'lmoqda. U yerda aynan nima sodir bo'lgani haqida rasmiy va aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Rossiya da'vosiga ko'ra, texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani uchun bazada portlash yuz bergan va hech kimga va hatto biror texnikaga ham zarar yetmagan.

Ukraina rasmiylarining aytishicha esa, portlash oqibatida 60 ta harbiy pilot va texnik xodimlar halok bo'lgan va yana 100 ta odam yaralangan.

Sun'iy yo'ldosh orqali olingan tasvirlar aeroport maydonida kamida sakkizta samolyot yonib ketganini ko'rsatadi. Shu tasvirlarga asoslanib, "Economist" nashri bazadagi barcha samolyotlarning yarmi yo'q qilingani haqida yozdi.

Voqea uchun kim mas'ul?

Ekspertlarning ta'kidlashicha, bu ko'lamdagi katta portlashga, Moskva da'vo qilganidek, texnik xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab bo'lishi mumkin emas. Ayni paytda Ukraina ixtiyorida 350 km. masofaga uchib, Qrimdagi bazagacha yetib kela oladigan raketalar yo'qligi aytilmoqda. Ba'zi manbalarga ko'ra, hujumda Ukrainaning o'zida ishlab chiqarilgan raketa ishga solingan.

Bu ish Qrimdagi partizan kuchlar yordami bilan amalga oshirilgani haqida aytayotganlar ham bor. Ammo bu ma'lumotni Kiyev rasman tasdiqlagani yoki tan olgani yo'q.

Portlash ko'lami shu qadar katta bo'lganki, bazaga yaqin hududdagi 62 ta aholi turar joylari va yana o'nlab tijoriy binolarga ham zarar yetgan. Yuzlab odam evakuatsiya qilingan.

Hodisaning Rossiyaga yetkazgan zarari aprel oyida Qora dengizda "Moskva" harbiy kemasining cho'ktirilishi bilan teng ekani aytilmoqda.

Voqea yuzasidan Ukraina chiqargan rasmiy bayonotda hodisaning aniq sabablari ma'lum emasligi va bunday hududda sigareta chekmaslik kerakligi ta'kidlangan.

@bmamadiev
2.9K viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2022-08-12 22:54:34
Qrimda portlash yuz bergan harbiy havo bazasining sun'iy yo'ldosh orqali olingan tasvirlari: bir kun avval va bir kun keyin

@bmamadiev
2.5K viewsedited  19:54
Ochish/sharhlash
2022-08-12 20:25:37 “Amerika ovozi”ning xabar berishicha, Nyu-Yorkning Bruklin federal sudi Illinoys shtatining Chikago shahrida yashagan 36 yoshli O'zbekiston fuqarosi Dilshod Husanovga 11 yillik qamoq hukmini o'qidi. U IShID va "Jabhat an-Nusra" terrorchi guruhlari safiga odam yollash harakatini tashkil etish va moliyaviy dastaklashda aybdor deb topilgan.

Husanov 2021-yilning oktabrida o'z aybiga iqror bo'lgan edi.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Husanov 2014-2015-yillarda "Choyxona" deb atalgan tarmoqda Suriya va Iroqdagi jihod urushiga odam yo'llash uchun moliya to'plagan guruh a'zosi bo'lgan. U shu ish bo'yicha AQShda qo'lga olinib hukm o'qilgan yetti nafar o'zbekistonlikning oltinchisidir.

Husanov 2014-yilda tanishi Akmal Zokirovni jihod qilishga undagani va Bruklinda yashagan Abdurasul Jo'raboyev hamda Ahror Saidahmetovlarning IShID safiga qo'shilish uchun Suriyaga borishiga moliyaviy ko'maklashgani aytiladi.

2015-yil fevralida Abror Habibov, Zokirov, Azizjon Rahmatov va Dilhayot Qosimov Saidahmetovning Turkiya orqali Suriyaga yetib borishiga pul to'plash masalasini muhokama qilgan. Zarur pullarni Husanov Zokirovning bank hisobiga o'tkazib bergan.

Turkiyaga yo'l olgan Saidahmetov 2015-yil fevralida Nyu-Yorkning Jon Kennedi xalqaro aeroportida qo'lga olingan.

Ushbu guruhdan Jo'raboyev, Saidahmetov va Qosimovlar 15 yilga ozodlik mahrum etilgan. Rahmatov 12,5 yilga kesilgan. Zokirov 7,5 yilga hukm qilingan. Habibovga esa hukm o'qilishi kutilmoqda. Qamoq muddati tugashi bilan ular O'zbekistonga deport qilinadi.

@bmamadiev
2.8K viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:04 AQSh Federal Qidiruv Byurosi sobiq prezident Donald Trampning Florida shtatidagi qarorgohida kutilmagan tintuv o'tkazdi. Trampning da'vo qilishicha, demokratlar uni siyosiy qarashlari tufayli ta'qib qilmoqda va keyingi prezidentlik saylovida qatnashmasligini istayapti.

Rasmiy manbalarga ko'ra esa, Donald Tramp prezidentligi davrida Milliy arxivga topshirilishi kerak bo'lgan hujjatlarning ayrimlarini, qonunga zid ravishda, o'zi bilan birga olib ketgan bo'lishi mumkin va tintuv shuni aniqlashga qaratilgan. Olib ketilgan hujjatlar orasida maxfiy ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin.

Agar Tramp hujjatlarni noqonuniy saqlash bo'yicha aybdor deb topilsa, saylovda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi va hatto uch yilgacha qamoqqa tashlanishi mumkin.

Tramp yuzlashayotgan huquqiy muammolar faqat bu emas. Uning 6-yanvar qo'zg'oloniga aloqasi, 2020-yilgi saylovga doir noqonuniy xatti-harakatlari hamda bizneslari bilan bog'liq mojarolar yuzasidan tekshiruvlar hanuz davom etmoqda.

@bmamadiev
3.0K viewsedited  15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-08 03:35:53 AQSh Senatida yana bir tarixiy qonun qabul qilindi. Inflyatsiyani qisqartirish qonuni deb atalayotgan bu dastur asosida iqlim o'zgarishiga qarshi kurash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun 370 milliard dollar ajratiladi.

Qonun loyihasining ilk nomi "Yaxshilab qayta qur" (Build Back Better) deb atalgan va unda infratuzilmani rivojlantirish uchun 2,2 trillion dollar sarflash ko'zlangan edi.

Ba'zi demokratlarning e'tirozlari tufayli, qonunga ko'plab o'zgartirishlar kiritildi va nihoyat hozirgi ko'rinishga qabul qilindi.

Qonun ijrosi uchun kerakli mablag' qo'shimcha soliqlar hisobiga qoplanadi. Korporatsiyalar uchun minimum 15 foizlik soliq joriy qilinmoqda. Shuningdek, kompaniyalar o'z aksiyalarini qayta sotib oladigan bo'lsa, sarflangan summaning bir foizi miqdorida soliq to'laydi. Bundan tashqari, soliqdan qochuvchilarga qarshi kurashni kuchaytirish orqali kelasi 10 yilda 124 milliard dollar yig'ilishi kutilyapti.

Shuningdek, qonun ijrosi natijasida 10 yil ichida soliqdan jami 739 miliard dollar tushum bo'lib, milliy defitsit 102 milliard dollarga kamayishi bashorat qilinmoqda.

Qonun 2030-yilgacha AQShda issiqxona gazlari miqdorini 40 foizgacha kamaytirishi kutilyapti.

Ajratilgayotgan mablag' qanday sarflanadi?

- Quyosh va shamol energiyasi anjomlarini ishlab chiqarishga 60 milliard;
- Iqlim o'zgarishidan aziyat chekkan hududlarni rivojlantirishga 60 milliard;
- Toza energiya tadqiqotlari uchun 27 milliard;
- Qishloq xo'jaligida issiqxona gazlarini kamaytirish uchun 20 milliard;
- O'rmonlarni saqlab qolishga 5 milliard;
- G'arbiy shtatlarda qurg'oqchilikka qarshi kurash uchun 27 milliard dollar sarflanadi.

Shuningdek, yangi elektromobil sotib olganlarga 7500 dollar, ishlatilgan elektromobil olganlarga esa $4000 dollar pul beriladi.

Qonun shu hafta Vakillar palatasida ham tasdiqlanishi va prezident qo'l qo'ygach, ijroga kirishi kutilyapti.

Qizig'i, Senatda qonunni yoqlab bir dona ham respublikachi ovoz bermagan. Demokratlar uni bir dona ovoz ustunligi bilan zo'rg'a o'tkazib oldi: 51 ga 50.

O'tgan hafta AQShda chip ishlab chiqarishni kuchaytirish va ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirish maqsadida 280 milliard dollar ajratishni ko'zda tutuvchi yana bir yirik qonun qabul qilingan edi.

@bmamadiev
4.1K viewsedited  00:35
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:00:28
Statistika aldamaydi

Yuqoridagi rasmga (manba: Charles Gaba) qarasangiz, noyabrdan beri Trampga ovoz berganlar, ya'ni, asosan, respublikachilar yashaydigan yoki boshqacha aytganda, vaksinaga ishonmaydiganlar soni ko’p, vaksina olganlar soni esa kam bo'lgan hududlarda koronavirusdan o'lim darajasi ancha oshgan.

Demokratlar ko'pchilikni tashkil qiladigan, ya'ni Baydenga ovoz berganlar yoki boshqacha aytganda, aksariyati vaksina olgan odamlar yashovchi hududlarda esa o'limlar sonida o'sish yo'q.

Ya'ni, AQShda so'nggi haftalarda Omikron shtammi fonida koronavirusdan kasallanganlar sonida o'sish kuzatilayotgan bo'lsa ham, vaksina olganlar orasida o'lim deyarli yo'q.

Demak, vaksina ishlaydi. Chunki statistika aldamaydi.

@bmamadiev
1.4K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2021-12-14 22:45:02 We are very excited about our upcoming first Youth Forum in the U.S!

Date: December 24, 2021
Place: In-person at ZiyoTek Institute of Technology

Join us!

Are you 18-30 years old and living in the U.S.? Are you passionate about meeting and connecting with other Uzbekistani youth living here? Then this event is for YOU!

This forum is organized by the Youth Affairs Agency of Uzbekistan Yoshlar Ishlari Agentligi, the World Association of Youth of Uzbekistan, the American Uzbekistan Association - AUA and ZiyoTek Institute of Technology.

Please join us for our first Youth Forum in Virginia! The event will be filled with lots of socializing, music, interactive games, and delicious Uzbek food.

Enjoy Uzbek food: Osh-palov and other delicious meals will be made by Virginia's renowned PlovHan catering! We will also have coffee, tea and desserts.

Reconnect with old friends and make new ones. It's an excellent opportunity for professional networking too!
Participate in an intellectual game of Zakovat.

Bring your social, educational, and business ideas that could be potentially implemented in Uzbekistan.
The winners of the Zakovat game will receive prizes from our partnering organizations!

Seats are limited!

Register here: https://forms.gle/qHDBrZDy3PABUAyv9

Address: 8230 Old Courthouse Rd STE 300, Vienna, VA 22182
~~~~~~~~~~~~~~~~~

https://fb.me/e/2HudtvEVF

@bmamadiev
2.7K viewsedited  19:45
Ochish/sharhlash
2021-12-14 21:31:06 public class HelloWorld {

public static void main (String[] args) {
System.out.println("Bir yigitga qirq hunar oz!");
}

}


@bmamadiev
2.4K views18:31
Ochish/sharhlash
2021-12-09 06:07:47 Amerikada kompaniyalar ishchi topishi tobora qiyinlashyapti. Ayniqsa, oddiy qora ishlarda.

Ish bor, ammo ishchi yo’q. Natijada maoshlar oshyapti; bu esa narxlar o’sishiga va inflyatsiyaga ham ta’sir qilyapti.

Ayni paytda Amerikada egallanmagan 11 millionta bo’sh ish o’rni bor.

Bu degani, AQSh hozir shuncha yangi ishchiga muhtoj. Bu degani, muhojirlarni ko’proq qabul qilish kerak.

@bmamadiev
6.3K views03:07
Ochish/sharhlash