Get Mystery Box with random crypto!

Vashington kundaligi

Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi V
Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi
Kanal manzili: @bmamadiev
Toifalar: Bloglar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.43K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyoda bo'layotgan eng muhim voqealarga Vashingtondan nazar.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-12-08 17:31:06 "Pfizer"ning aytishicha, koronavirusga qarshi hozirgi vaksinaning uchinchi dozasi "Omikron" shtammi uchun ham yetarli darajada himoya bilan ta'minlaydi.

@bmamadiev
4.5K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-06 22:43:56
#Diqqat!

Аziz yoshlar, “O'zbekiston yoshlari forumi — Turkiya” sizlarni kutmoqda

Butun O'zbekiston bo'ylab tashkil etilayotgan O'zbekiston yoshlari forumi-2021 doirasida 18-dekabr Shanba kuni Istanbul shahrida “O'ZBEKISTON YOSHLARI FORUMI — TURKIYA” boʼlib oʼtadi.

Forum Turkiyadagi o'zbekistonlik yoshlarimiz tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha “Yangi O'zbekiston - Yangi g'oyalar” shiori ostida oʼtkaziladi.

Sizni bir-biridan qiziqarli loyihalar, tanlovlar, aksiyalar va taqdimotlar kutmoqda, shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish va kadrlar zahirasini yaratish maqsadida vazirlar va yoshlar uchrashuvlari va turli koʼrgazmalar namoyish etiladi.
Forum doirasida oʻzbekistonlik mashhur sanʼatkorlar ishtirokidagi gala-konsert oʻrin olgan.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting. Biz sizni kutamiz!

Ro'yxatdan o'tish https://bit.ly/3EprOpz
___
t.me/turkiyadagiyoshlar
4.1K views19:43
Ochish/sharhlash
2021-12-06 16:07:16 Kecha koronavirusga qarshi "Moderna" vaksinasining uchinchi dozasini olib keldim. 1 va 2-dozadan ko'ra bu safar og'riq va isitma qattiqroq bo'ladi, deb ogohlantirdi ukol qilgan qiz.

Kechasi isitma chiqib, bir soatcha qattiq sovuq qotdim. Ko'rpani ikki qavat qilgandim, keyin yana uxlab qolibman. Ahvolim hozir yaxshi. Biroz bo'shashish, ozgina og'riq bor, lekin yomon emas.

@bmamadiev
3.0K views13:07
Ochish/sharhlash
2021-12-05 19:14:37
Qariyb bir million dollarlik soat. Yetkazib berish ximati tekin ekan.

“Facebook” menga bu reklamani ko’rsatib aniq adashdi yoki algoritmi kelajakni bashorat qilishni boshlagan.

@bmamadiev
3.7K viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2021-12-04 03:32:23 AQSh razvedka idoralaridan olingan ma’lumotga tayanib “Washington Post”ning yozishicha, Rossiya 2022-yil boshida Ukrainani bosib olishga tayyorlanmoqda.

Amaliyotda Rossiyaning 175 minggacha askari qatnashishi mumkin.

@bmamadiev
4.2K views00:32
Ochish/sharhlash
2021-12-02 17:41:02
Lava kuli bilan qoplangan orol, La-Palma, Ispaniya

@bmamadiev
3.8K views14:41
Ochish/sharhlash
2021-12-02 01:46:00
Koronavirusning “Omikron” shtammi AQShga ham yetib keldi. Yangilikni moliya bozori keskin pastga qulash bilan kutib oldi.

@bmamadiev
5.9K views22:46
Ochish/sharhlash
2021-12-01 16:39:36 Qatar poytaxti Doxada AQSh va Tolibon rasmiylari ikki kunlik uchrashuv o'tkazdi. Iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, ta'lim va xavfsizlikka oid masalalar muhokama qilingani aytilmoqda. Tomonlar bundan buyon qanday hamkorlik qilish yoki qilmaslik haqida gaplashib olgan bo'lsa ajab emas.

Tolibon xorijda muzlatib qo'yilgan Afg'oniston hukumati mablag'larining hech qanday shartlarsiz Tolibonga qaytarilishini talab qilmoqda. AQSh esa Afg'onistonga ko'rsatilayotgan gumanitar yordam dasturlariga to'siq qo'yilmasligini, lekin sanksiyaga tutilgan shaxslar va tashkilotlarga mol-mulk qaytarilmasligini aytmoqda.

AQSh xorijiy banklarda saqlanadigan 9,5 milliard dollarlik Afg'oniston pulini muzlatib qo'ygan.

@bmamadiev
3.5K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2021-11-29 16:49:25
Koronavirusning yangi "Omikron" varianti paydo bo'lgani bois Bayden ma'muriyati Afrikaning 8 ta mamlakatidan Amerikaga kirishni taqiqladi.

Virusning bu turi juda tez yuqishi bilan xavfli ekani aytilmoqda. Hozirgacha amalda bo'lgan vaksinalar unga qarshi qanchalik samarali ishlashi hozircha noma'lum.

@bmamadiev
4.2K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2021-11-25 17:32:08
AQShda bugun dam olish kuni - Shukronalik bayrami. Ertalabdan Vashington shahri markaziy ko’chalari yopildi. Ochlikka qarshi xayriya marafoni o’tkazildi.

Yugurayotganlarning har biri $55 dan to’lagan. Yig’ilgan mablag’ kambag’allar va uysizlarga yordam berish uchun sarflanadi. Bu yilgi marafonda yarim million dollardan ortiq pul yig’ilibdi. Demak, 10 mingga yaqin odam yugurishga chiqqan.

@bmamadiev
5.2K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash