Get Mystery Box with random crypto!

Vashington kundaligi

Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi V
Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi
Kanal manzili: @bmamadiev
Toifalar: Bloglar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.43K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyoda bo'layotgan eng muhim voqealarga Vashingtondan nazar.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-02-09 17:26:26
AQShning Merilend shtati Senati majlislar zali: koronavirusga qarshi kurash chorasi sifatida har bir qonunchi o'tiradigan joy oynali to'siqlar bilan ajratilgan.

@bmamadiev
3.8K views14:26
Ochish/sharhlash
2021-02-08 21:37:34 Pavel Durovning yozishicha, Telegram yanvar oyida dunyoda eng ko'p saqlab olingan mobil ilovaga aylangan.

@bmamadiev
3.6K views18:37
Ochish/sharhlash
2021-02-08 07:30:01 ​​#Book

Jon Rokfeller hayotiga nazar: shafqatsiz monopol, saxovatli inson

2021-yilda o'qib tugatgan birinchi kitobim XX asr boshida yashab o'tgan afsonaviy biznesmen Jon Rokfeller hayoti haqida.

Ron Chernovning "Titan: Jon D. Rokfeller hayoti" deb nomlangan kitobi o'z davrida nafaqat Amerikaning, balki dunyoning eng boy odami bo’lgan neft magnati hayotidan hikoya qiladi.

Hisob-kitobga asoslangan hayot

Jon Rokfeller esini tanigandan beri har bir xarajatini tiyin-tiyinigacha yozib borgan. Boyib ketganda ham bu odatini kanda qilmagan.

16 yoshida bir kompaniyaga hisobchi bo'lib ishga kirgan. 20 yoshida bir odam bilan sheriklikda sabzavot sotadigan biznes ochgan. Rokfellerning qo'lida maoshidan yig'gan $800 pul bo'lgan. Biznes uchun otasidan yana $1000 qarz olgan.

"Standard Oil" monopoliyasi

Keyinroq Rokfeller neft biznesiga o'tib ketadi. U biznesda juda shafqatsiz bo'lgan. Raqobatchilarini turli yo'llar bilan sindirib, biznesdan chiqargan yoki o'ziga qo'shib olgan.

Masalan, narxlarni sun'iy arzonlashtirgan, temiryo'l kompaniyalari bilan til biriktirib, neft tashish bo'yicha raqobatchilardan ancha arzon shartlarni qo'lga kiritgan. Siyosatchilarga pora bergani haqida ham gaplar bor.

Rokfeller qurgan "Standard Oil" tresti eng cho'qqiga chiqqan paytda Amerikadagi neft sanoatining 90 foizini nazorat qilgan.

1911-yil AQSh Oliy sudi "Standard Oil"ni noqonuniy monopoliya qurganlikda ayblab, uni 34 ta bir-biridan mustaqil kompaniyalarga bo'lish haqida hukm chiqaradi. ExxonMobil, Chevron, Conoco kabi hozirgi gigant neft kompaniyalari bir paytlar "Standard Oil" tarkibida bo'lgan.

Kamtar, xudojo'y va saxovat egasi

Jon Rokfeller juda dindor bo'lgan. Umrida ichkilik ichmagan, chekmagan, o'yin-kulgiga qiziqmagan. Alokogol qo’yilgan yig'inlarga bormagan.

Hashamatni, dabdabani yoqtirmagan. Kamtar yashagan; dang'illama uy qurishni, uni qimmatbaho jihozlar bilan bezashni isrof deb bilgan.

Hatto farzandlari ulg'ayib, katta hayotga qo'shilmaguncha o'ta boy odamning farzandi ekanliklarini sezmagan.

Qizi bir kuni o'rtoqlari bilan do'konga kirib, nimadir xarid qiladi, lekin puli yetmay qoladi. Qarzga berib turing, pulini keyin tashlab ketaman, deydi.

"Kimning qizisan?" - deb so'raydi do'kon egasi.

"Jon Rokfellerning", - deb javob beradi.

"Rokfellerning qizimisan?" - deb do'kondorning og'zi ochilib qoladi; qiz esa hayron...

​​Rokfeller xayriya ishlarini yoshiligidan boshlagan. 16 yoshida oyligining olti foizini, 20 yoshida esa 10 foizini ehson uchun ajratgan.

U umri davomida ta'lim, tibbiyot va ilm-fan uchun yuzlab million dollar sarflagan. Boylikni "Xudoning omonati" deb bilgan. Uchta universitetga asos solgan. Mashhur Chikago universiteti ulardan biri. Yel, Garvard, Kolumbiya kabi yana ko'plab universitetlarga muntazam xayriya qilib turgan.

Amerikada zamonaviy meditsinaning taraqqiy topishida Rokfellerning o'rni katta ekani aytiladi. Chunki aynan u tashkil etgan tadqiqot markazlari, u qilgan ehsonlar ko'plab kashfiyotlarga sabab bo’lgan.

Jon Rokfeller 1937-yil 97 yoshida vafot etgan.

Xulosa

Jon Rokfeller biznesda monopoliya o'rnatish uchun noqonuniy yoki shubhali ishlarga qo'l urgani aniq. Bu uchun yetarli darajda qoralangan, tanqid qilingan va hanuz qilinmoqda.

Ayni paytda uning ko'plab shaxsiy fazilatlari, saxovati tahsinga loyiq. Agar bunday ulkan boylik bir odam qo'lida, ya'ni Rokfellerda to'planmaganda, shuncha xayrli ishlar tizimli amalga oshgan bo'larmidi? Shuncha universitet, ta'lim markazlari, jamg'armalar, kashfiyotlar yaratilgan bo'larmidi? Ko'p ehtimol bilan, yo'q.

Rokfellerning konspiratsion nazariyalarda kezib yuradigan turli fitnali ishlarga bosh qo'shgani, go'yoki masonlarning pulini boshqargani haqidagi mish-mishlar esa hech qanday tasdiq va asosga ega emas.

Rasmda: Jon Rokfeller (markazda) oilasi va do'stlari davrasida, 1931-yil

@bmamadiev
10.2K views04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-07 20:09:05 Oq uydagi hayot: 220 yillik an'ana, qimmat dengiz taomi va prezident maoshi

Sobiq birinchi xonim Mishel Obamaning "Becoming" (Shakllanish) kitobini o'qir ekanman, quyidagi satrlar e'tiborimni tortdi:

"Barak Obama prezidentlikka saylangach, Oq uyga ko'chib kirdik. Ulkan binoning yashash uchun mo'ljallangan qismlarini sobiq prezident Jorj Bushning rafiqasi Lora Bushdan qabul qilib oldim. U bu xonalarni sakkiz yil oldin o'sha paytdagi birinchi xonim Hillari Klintondan olgan. Hillari Klinton esa yana sakkiz yil oldin Lora Bushning qaynonasi, katta Jorj Bushning rafiqasi Barbara Bushdan qabul qilib olgan..."

Bu ma'lumotlar nega e'tiborimni tortdi?

Amerikada hokimiyat almashinuvining o'ziga xos an'anasi mavjud. Har to'rt yoki sakkiz yilda sobiq prezident yangi saylangan prezidentga Oq uyni topshiradi. Sobiq prezident ma'muriyati yangi davlat rahbari jamoasiga Oq uydagi ish faoliyatining nozik jihatlarini o'rgatadi, barcha hujjat va ashyolarni topshiradi. Oq uydagi yashash xonalarini yangi birinchi xonim sobiq birinchi xonimdan qabul qilib oladi.

1800-yil Oq uy foydalanishga topshirilgandan beri bu an'ana, bu zanjir uzilmay kelmoqda. O'tgan 220 yil ichida bu binoda 45 ta prezident yashadi.

O'zimcha o'yladim: agar Amerikada o'lgunicha hokimiyatdan ketmaydigan diktatorlar rejimi bo'lganda; bu diktatorlarning har biri o'rtacha 30-40 yil hukmronlik qiladi deb hisoblasak, o'tgan 200 yil ichida AQSh bor-yo'g'i 5-6 ta prezident ko'rgan bo'lardi...

Hozir AQShda besh nafar tirik sobiq prezident bor: Jimmi Karter, Jorj Bush, Bill Klinton, Barak Obama va Donald Tramp. Oltinchisi hozir Oq uyda. Menimcha, yomon ko'rsatkich emas.

Oq uyda yashash bepul, faqat hamma narsa emas: ijara tekin, bu yerda ishlaydigan xodimlar maoshini davlatdan oladi, lekin oziq-ovqatni, prezident oilasining boshqa shaxsiy yashash xarajatlarini davlat qoplamaydi. Ularni prezident o'z yonidan to'lashi kerak.

Mishel Obamaning yozishicha, menyudagi qandaydir dengiz mahsulotiga oid taom Barak Obamaga ma'qul kelibdi. Xizmatkorlar oldida "Shirin ovqat ekan", deb maqtab qo'yibdi. Shundan so'ng kunlik menyuda bu ovqat tez-tez paydo bo'la boshlabdi.

Oy oxirida Obamaning qo'liga xarajatlar ro'yxati tutqazilgan ekan, prezident to'lashi lozim bo'lgan summa odatdagidan ancha oshib ketibdi. Sababini so'rashsa, Obamaga yoqqan dengiz taomi juda qimmat bo'lib, xorijdan maxsus import qilinar ekan.

Obamalar bu ovqatni yeyishda davom etganmi-yo'qmi, bu haqda yozilmagan, lekin shohona taomlanishga, albatta, birinchi oilaning qurbi yetadi. AQShda prezidentning yillik maoshi 400 ming dollar.

Prezidentlar Oq uydan ketgandan keyin ham umrining oxirigacha har yili 220 ming dollar nafaqa oladi. Shuningdek, sobiq prezident va uning turmush o’rtog’i umrbod Maxfiy xizmat (Secret service) xodimlari tomonidan qo'riqlanadi.

@bmamadiev
5.0K viewsedited  17:09
Ochish/sharhlash
2021-02-06 04:22:12 Farg'onada katta poyafzal fabrikasi bor ekan. Prezident viloyatga safari chog'ida shu yerga ham tashrif buyuribdi.

Yaxshi reportaj tayyorlangan. Faqat lavha boshida (1:05 daqiqada) yiliga 500 ming juft oyoq kiyim ishlab chiqarilishi aytildi. O'rtasiga borganda muxbir yigit yillik ishlab chiqarilayotgan poyafzallar soni 50 millionga yaqin (4:11 daqiqada) dedi. Ikki raqam o'rtasidagi farq 100 baravar.

Muharrirlar sal diqqatliroq bo'lishi kerak.

@bmamadiev
4.0K viewsedited  01:22
Ochish/sharhlash
2021-02-05 18:31:43
WIUT is looking for an interpreter, who will conduct written translation of documents including press releases and web-site articles from English into Uzbek and Russian into Uzbek.

If you speak and write fluently in English, Russian and Uzbek and want to make additional earnings, apply for this job!

Qualification requirements:

- University degree in Journalism will be an advantage;

Required knowledge and experience:

- Excellent knowledge of Uzbek

Work can be done from home.

To apply please send your CVs here: i.yuldasheva@wiut.uz

@bmamadiev
7.5K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2021-02-05 17:05:48 Vatandosh.uz, Vatandosh.com - АҚШда чоп этилган илк ўзбек тилидаги "Vatandosh" газетасининг интернетдаги саҳифалари ҳисобланади.

Vatandosh Ватан ва ватандошлар ҳақида хабар ва янгиликларни етказиб боришни мақсад қилган.

Шунингдек, Vatandosh саҳифаларида АҚШ, Ўзбекистон ва дунёда юз бераётган воқеа-ҳодисалар, ижтимоий-сиёсий жараёнлар, диний-маърифий ҳаёт, иқтисод ва илм-фан соҳаларига оид мақолалар, суҳбатларни ўқиб борасиз.

"Vatandosh" саҳифалари:

Vatandosh.uz
Vatandosh.com
Facebook: Vatandosh
Instgram: VatandoshUz

"Vatandosh"ни Telegramда қуйидаги манзилда кузатишингиз мумкин (расмий канали): @VatandoshUzOfficial
3.7K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2021-02-05 04:29:10 1400 dollarlik yordam taqdiri nima bo'ldi?

Prezident Jo Bayden Oq uyga kelishi bilan yanvarda berilgan 600 dollarlik yordamga qo'shimcha ravishda har bir amerikalik va doimiy rezidentga yana bir marta $1400 dan pul jo'natilishini va'da qilgan edi.

Ayni paytda shu va boshqa moliyaviy yordam dasturlarini o'z ichiga olgan byudjet loyihasi ustida Kongressdagi muxolif respublikachilar bilan muzokaralar davom etyapti.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, 1400 dollarlik yordam summasida o'zgarish yo'q, ammo uni oladiganlar toifasi torayishi mumkin. Avvalgidek, yillik daromadi $75 000 gacha bo'lganlar emas, balki faqat $50 000 gacha bo'lganlar bu to'liq summani olishi taklif qilinyapti. Oilalar uchun esa yillik umumiy daromad 100 ming dollardan oshmasligi kerak.

Daromadi yuqoridagi summalardan ko'proq bo'lganlar ham yordam puli oladi, ammo miqdori kamayadi.

Bolalar uchun beriladigan yordam miqdori ham kattalarniki bilan bir xil, ya'ni bu masalada hozircha o'zgarish yo'q.

Prezident Bayden va demokratlar mart o'rtalarigacha ushbu yordam dasturlarini o'z ichiga oluvchi qonun qabul qilinishini aytmoqda. Chunki aynan mart oxiriga borib hozirgi federal ishsizlik nafaqalarini berish to'xtatiladi. Yangi qonunda bu nafaqalarni uzluksiz sentabrgacha davom ettirish ko'zda tutilgan.

@bmamadiev
5.5K viewsedited  01:29
Ochish/sharhlash
2021-02-03 17:28:51 Jef Bezos yilning uchinchi choragida "Amazon" rahbarligidan ketishini e'lon qildi.

"Shunchalar ko'p innovatsiyalar qildikki, odamlar bunga o'rganib qolib, yangilikni esnash bilan qabul qiladigan darajaga yetdi. Bu esnoq innovatsiya ortida turganlar olishi mumkin bo'lgan eng katta maqtov", - dedi u "Amazon"da o'zi yetakchilik qilgan davrda amalga oshirilgan o'zgarishlarning favqulodda katta ekaniga ishora qilib.

Rahbarlik "Amazon"ning "cloud computing" bo'limini boshqarib kelgan Endi Jessi qo'liga o'tadi.

@bmamadiev
3.7K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2021-02-03 05:56:57 Dunyoni boshqaruvchi yovuz kuchlar qayerda?

Telegram kanalimda bir kuzatuvchim bor. Amerika haqida nimadir yozsam, hujumga o'tadi. Unga ko'ra, AQShda siyosatchilarning hammasi qo'g'irchoq. Ularni qandaydir ko'rinmas kuch boshqaradi. Barak Obamani hokimiyatga olib kelgan ham "Illuminati" ekan.

"Facebook"da undan battari bor. Uning yozishicha, Ilon Maskning orqasida ham, "Twitter"ning boshida ham rotshildlar, qanaqadir qabbala turadi. G'arbda yashab ko'zimiz ko'r bo'lgani uchun shuni ham bilmas ekanmiz.

Masonlarni "sevadigan" xalqimiz

Umrida na gazga, na elektrga yolchigan vatandoshim olis bir qishloqda, loysuvoq va guvalakdan bitgan kulbasida oyog'ini tanchaga tiqib, moy lampa yorug'ida yonida o'tirgan og'aynilariga siyosatshunoslik fanidan ma'ruza o'qiydi: hamma muammoga masonlar va yahudiylar aybdor. Baraka topsin, yaxshiyam Putin bor ekan; hammasini nazorat qilib turibdi.

"Shapka"sini berib, buning ustiga yana bir yil kutib olgan "Spark" mashinasida 10 yildan beri kirakashlik qiladigan amakiga quloq tutsangiz, iqtisodiyot va siyosatni "suv qilib" ichib yuborgan. Dunyoni kimlar boshqarayotganini, har bir voqea-hodisa ortida aslida yahudiylar turganini; agar Rossiya bo'lmasa, Amerika bir kunda dunyoning rasvosini chiqarib yuborishini undan o'rganasiz.

Bunday ekspertlar faqat "qora xalq" orasida emas. Xorijda o'qigan, bir paytlar ilmi va g'ayratini o'zim uchun o'rnak deb bilgan bir akamiz yaqinda aytib qoldi: koronavirus yo'q narsa ekan. Lol qoldim. Qizig'i, u bilan hamfikrlar oz emas.

Qahraton qishdan tirik chiqish uchun choponi bilan uxlaydigan, sifatli tibbiy xizmatga qurbi yetmaydigan millionlab odamlar virusdan o'lib ketmasin, deb milliardlab dollar pulini sarflayotgan Bill Geyts ular uchun dunyodagi eng yozuv odam. Chunki uning maqsadi vaksina orqali chip o'rnatib, odamlarni boshqarish.

Fitna nazariyalari faqat bizdami?

Amerikada ham fitna nazariyasi ixlosmandlari bor. Masalan, ultra o'ng siyosiy qarashdagi "Qanon" guruhi izdoshlariga ishonilsa, Amerikani shaytonga sig'inuvchi elita boshqaradi; Demokratik partiya ularning xizmatkori. Hillari Klintonning yerto'lasida qullikda saqlanadigan bolalar bor; chunki hukmron elita pedofiliya bilan shug'ullanadi.

Mana, bor ekan-ku! Moydek yoqib ketdimi?

Ezgulik va yovuzlik urushi

Xudo hidoyat berib, ibodatga kirgan ba'zi yosh yigitchalar hali namozning farzini o'rganib ulgurmasdan "Illuminati"ga qarshi urush e'lon qiladi. Iblisga sajda qiluvchi elitani fosh etib, ummatni undan ogohlantirishni ozining muqaddas vazifalaridan biriga aylantiradi.

Birodari aziz, o'zingizni bosing. G'ayratingiz juda jo'shib ketayotgan bo'lsa, kitob o'qing. Nafaqat dinni, balki siyosat, iqtisodiyot, huquqshunoslik va chet tillarini ham o'rganing. Ilmni "YouTube" yoki "Facebook"dan emas, kitoblardan, mutaxassislardan oling.

Qurbingiz yetsa, boshqa davlatlarga sayohat qiling. Boshqa madaniyat va dindagi odamlar bilan ko'proq muloqot qiling. Dunyoni, unda yashayotgan rang-barang odamlarni qanchalik ko'p tanisangiz, dunyo bizning mahallamiz va shahrimizdan ko'ra ancha kengroq va murakkabroq ekanini anglaysiz.

Unday qila olmasangiz, namozingizni o'qib, halol-haromga diqqatli bo'lib, taksida kirakashligingizni qilib yuravering.

Xulosa

Konspiratsiya nazariyalari hamma joyda bor, hamma davrda bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Dunyoda hukmronlik o'rnatishni istovchi yovuz kuchlar mavjudligi ehtimoli ham yo'q emas.

Ammo bunday kuchlarni Amerikadan emas, ilmsizlik va mutaassiblik urchigan, erkinlik bo'g'ilgan jamiyatlardan qidiring. Chunki fikrlash erkinligi, fikrni erkin ifoda etish huquqi berilgan jamiyatda hech qachon yolg'on asosiga qurilgan tizimni, ya'ni yagona yovuz elita hukmronligini o'rnatib bo'lmaydi.

Erkin jamiyatda, erkin bahs-munozaralarda haq har doim botildan ustun keladi. Erkinlik mavjud bo'lmagan jamiyatlarda esa botilni haqiqat deb ko'rsatuvchi rejimlar hukmron bo'ladi.

"Illuminati" deganlari balki shudir?

@bmamadiev
10.6K viewsedited  02:56
Ochish/sharhlash