Get Mystery Box with random crypto!

Vashington kundaligi

Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi V
Telegram kanalining logotibi bmamadiev — Vashington kundaligi
Kanal manzili: @bmamadiev
Toifalar: Bloglar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.43K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyoda bo'layotgan eng muhim voqealarga Vashingtondan nazar.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-11-25 04:08:04
“Фақат интернетга эмас, Ўзбекистон тараққиётига қўйилган тўсиқ”. IT-тадбиркорлар – тармоқлар блокланиши ҳақида

“Хорижда 50 минг доллар маош таклиф қилишса ҳам Ўзбекистондан кетмайман дегандим. Лекин ижтимоий тармоқлар блокланган соатларда суриш учун қайси давлатни танласам экан деб ўйлаб қолдим...”

https://kun.uz/18588477
3.6K views01:08
Ochish/sharhlash
2021-11-21 21:00:04 ​​#сотувда

«Китоб ҳақида китоб»

www.ziyouz.com кутубхонаси асосчиси, журналист Давронбек Тожиалиевнинг ушбу янги китобида китоб ва мутолаа, китобхонлик тарғиботи ҳақидаги мақолалари, тадқиқотлар ва таржималари ўрин олган.

Рисола нима ўқисам экан деган савол билан юрган китобхонларга айқниса асқотади. Китоб ва китобхонлик ҳақидаги мақолалар, «Зиёлилар нима ўқияпти?», «Ёшлар нима ўқияпти?», «Ўзбек ва жаҳон адабиётининг энг сара намуналарини аниқлаймиз» номли тадқиқотлар, юртимиз зиёлилари билан китобхонлик борасидаги суҳбатлар, шунингдек, жаҳон нашрлари эълон қилган энг сара китоблар ҳақида маълумот берилган.

Маълумот учун, муаллиф ушбу китоб аслида 2017 йилда тайёр ҳолга келгани, баъзи саббалар билан бугун чиққанини айтиб ўтганлар.

Нархи: 27 500 сўм

Facebook / Instagram / Telegram / Twitter
5.0K views18:00
Ochish/sharhlash
2021-11-20 19:17:19 "Telegram" ma'muriyati tomonidan kanallarga reklama qo'yish boshlanganmish. Menimcha, bu narsa hali Amerikada yo'lga qo'yilmadi, chunki birorta kanalda reklama ko'rmadim.

Mening kanalimda ham reklama ko'rinmidi yoki hozircha faqat katta kanallarda paydo bo'ldimi?

@bmamadiev
4.1K views16:17
Ochish/sharhlash
2021-11-20 05:26:55
Kamala Harris bugun qisqa muddat AQSh prezidenti bo’ldi

Bugun AQSh tarixida ilk bor mamlakatni 1 soatu 25 daqiqa davomida ayol kishi boshqardi. Prezident Jo Bayden kolonoskopiya muolajasini o’tayotganda, anesteziya ostida bo’lgan paytda vakolatlarini Vitse-prezident Kamala Harrisga topshirgan.

Shu tariqa, Harris AQShning vaqtincha prezidenti bo’lgan ilk ayolga aylandi.

Tushdan keyin Bayden vakolatlarini qayta qo’lga olgan. Oq uy tibbiy ko’rik muvaffaqiyatli yakunlaganini ma'lum qildi.

AQSh konstitutsiyasida prezident vakolatlarini bajara olmagan taqdirda hokimiyatni topshirish jarayoni belgilangan. Prezident va vitse-prezidentga biror kor-hol bo'lsa, Vakillar palatasi spikeri davlat rahbariga aylanadi.

Kamala Harris – AQShning ilk ayol vitse-prezidenti. Mamlakatning qariyb 250 yillik tarixida ayol kishi prezidentlikka saylangan emas.

Manba: Amerika ovozi

@bmamadiev
5.7K viewsedited  02:26
Ochish/sharhlash
2021-11-20 02:10:06 AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) ham 18 yosh va undan yuqoridagilar koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini olishi mumkinligini tasdiqladi. 50 yoshdan yuqoridagilar uchun uchinchi dozani olishni tavsiya qildi.

Ya'ni, bu tavsiyaga ko'ra, agar yoshingiz 50 dan oshgan bo'lsa, siz uchinchi dozani olishingiz kerak. 18 va 50 yosh orasidagilar uchun bu ixtiyoriy.

@bmamadiev
3.4K viewsedited  23:10
Ochish/sharhlash
2021-11-19 17:22:54 AQShda 18 yoshdan yuqori barchaga koronavirusga qarshi uchinchi dozani olishga ruxsat berildi. Buning uchun ular oxirgi dozani kamida olti oy oldin olgan bo'lishi kerak.

Avval qaysi kompaniya vaksinasini olganidan qat'i nazar, odamlar uchinchi doza uchun "Moderna" yoki "Pfizer" vaksinasidan birini tanlashlari mumkin.

@bmamadiev
4.6K views14:22
Ochish/sharhlash
2021-02-14 00:04:32 Senatda Trampning aybi tasdiqlanmadi

AQSh Senatida Tramp ustidan boshlangan sud tugadi. Trampni g’alayonga undashda aybdor deb topish uchun yetarli ovoz to’planmadi: 57 senator Trampni aybdor deb ovoz berdi, 43 tasi aybsiz deb topdi.

Eslatib o’tamiz, Tramp aybdor deb topilishi uchun senatorlarning kamida uchdan ikki qismi, ya’ni 67 tasi aybdor deb ovoz berishi kerak edi. Ovozlar soni bu miqdorga yetmadi.

Lekin shunisi ahamiyatliki, respublikachi senatorlarning yettitasi Trampni aybdor deb topish bo’yicha demokratlarga qo’shildi. Bu tarixiy ko’rsatkich. Lekin bu sobiq prezidentni aybdor deb e’lon qilish uchun kamlik qildi.

Senatda ovoz berish tugashi bilan Tramp bayonot chiqarib, “Amerikani Yana Buyuk Qilishga qaratilgan tarixiy, go’zal va vatanparvar harakatimiz endigina boshlandi”, deb aytdi. 2024-yilgi prezidentlik saylovida u yana nomzodini qo’yishi mumkin.

Senatda kechgan jarayon haqida bugun hamkasbim Shohruh Hamro bilan o’zaro suhbat ham o’tkazgan edim.

Xullas, Donald Tramp ikki marta impichment qilingan prezident sifatida tarixda qoladi.

@bmamadiev
5.1K viewsedited  21:04
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:50:42 2023-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekistonda ish yuritish to'liq lotin yozuviga o'tkazilar ekan. 1993-yilda qabul qilingan ilk qonunga ko'ra, 2000-yilgacha lotin yozuviga to'liq o'tish belgilangan edi. 23 yilga kechikibmiz.

@bmamadiev
4.6K views13:50
Ochish/sharhlash
2021-02-10 01:25:19 Tramp ustidan sud boshlandi

AQSh Senatida sobiq prezident Donald Tramp ustidan sud boshlandi. Ikkinchi marta impichment qilingan Tramp tarafdorlarini qonli g'alayonga undaganlikda ayblanmoqda.

Tramp aybdor deb topilishi uchun senatorlarning kamida uchdan ikki qismi impichmentni yoqlab ovoz berishi kerak. Buning uchun ayblovga barcha demokratlardan tashqari yana kamida 17 respublikachi qo'shilishi lozim. Buning ehtimoli yuqori emas.

Tramp aybdor deb topilsa nima bo'ladi?


Deyarli hech narsa. Agar u prezident bo'lganda, ishidan haydalgan bo'lardi. U allaqachon prezidentlikdan ketgan ekan, ayblovning tasdiqlanishi ko'proq ramziy ma'noga ega.

Ayni paytda g'alayonga undashda senatorlar tomonidan aybdor deb topilishi Trampning qamoqqa olinishini ham anglatmaydi. Bu narsa sud tomonidan amalga oshirilishi kerak. Senatning ayblov qarori avtomatik tarzda jinoiy ish ochilishini ham anglatmaydi.

Kongress amalga oshirishi mumkin bo'lgan yagona narsa - Trampning kelgusi saylovlarda qatnashishini taqiqlovchi alohida bir qaror chiqarishi mumkin. Bu qaror uchun oddiy ko'pchilik ovozi kifoya qiladi.

Senatdagi tinglov kamida bir hafta davom etadi va oxirida Trampni aybdor deb topish yoki topmaslik masalasi ovozga qo'yiladi.

@bmamadiev
5.9K viewsedited  22:25
Ochish/sharhlash
2021-02-09 20:35:48 Ilon Mask "Tesla" kompaniyasining zaxiradagi pulidan bir yarim milliard dollarga "bitcoin" sotib olgan. U kompaniyaning ishlatilmay turgan pulini sarmoya sifatida kriptovalyutaga tikkanini aytmoqda.

Kompaniya yaqin kelajakda avtomobil xaridi uchun "bitcoin" qabul qilishi mumkinligini ham ma'lum qildi.

Bugun bitta "bitcoin" 47 ming dollarga chiqdi. Ba'zi ekspertlar yil oxirigacha uning narxi 100 ming dollarga yetishini taxmin qilmoqda.

@bmamadiev
4.2K viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash