Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Federal Qidiruv Byurosi sobiq prezident Donald Trampning | Vashington kundaligi

AQSh Federal Qidiruv Byurosi sobiq prezident Donald Trampning Florida shtatidagi qarorgohida kutilmagan tintuv o'tkazdi. Trampning da'vo qilishicha, demokratlar uni siyosiy qarashlari tufayli ta'qib qilmoqda va keyingi prezidentlik saylovida qatnashmasligini istayapti.

Rasmiy manbalarga ko'ra esa, Donald Tramp prezidentligi davrida Milliy arxivga topshirilishi kerak bo'lgan hujjatlarning ayrimlarini, qonunga zid ravishda, o'zi bilan birga olib ketgan bo'lishi mumkin va tintuv shuni aniqlashga qaratilgan. Olib ketilgan hujjatlar orasida maxfiy ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin.

Agar Tramp hujjatlarni noqonuniy saqlash bo'yicha aybdor deb topilsa, saylovda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi va hatto uch yilgacha qamoqqa tashlanishi mumkin.

Tramp yuzlashayotgan huquqiy muammolar faqat bu emas. Uning 6-yanvar qo'zg'oloniga aloqasi, 2020-yilgi saylovga doir noqonuniy xatti-harakatlari hamda bizneslari bilan bog'liq mojarolar yuzasidan tekshiruvlar hanuz davom etmoqda.

@bmamadiev