Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2023-04-19 12:00:44 Agar siz bor kuchingiz bilan harakat qilib ham kutilgan natijaga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, balki buning quyidagi sabab va yechimlarini ko‘rib chiqadigan vaqt kelgandir


Siz yangi tanishlar orttirmaysiz. Eski do‘stlar bilan muloqotda bo‘lish oson. Siz bir-biringizni anchadan beri bilasiz, umumiy xotiralaringiz, qiziqarli voqealar va hazillar yetarli. Muammo shundaki, siz eski mavzularni muhokama qilaverib, o‘tmish bilan «to‘lib» qolgansiz. Bu esa sizning yangilik egallashingizga xalaqit beryapti.  

Siz o‘zgarishlardan qochasiz. Agar sizni o‘rab turgan muhit har kuni bir xillikdan iborat bo‘lsa, marralarga erishish qiyinlashib boradi. O‘zgarishlar esa yangi imkoniyatlar va istiqbol kalitidir. Shu sababli ulardan qochish o‘rniga, foyda olishga harakat qiling. Yangiliklarni erkin kutib oluvchi va qiziquvchan bo‘ling.

Siz tavakkal qilishdan qo‘rqasiz. Aqlli odamlarning ko‘p qismi o‘zlarining qulay muhitlaridan chiqishga qo‘rqishadi, axir u yerda hamma narsa tanish va xavfsiz. Boshqalar yurib tekislagan yo‘llarda yurishni va atrofdagilar uchun ko‘proq mashhur kasbni tanlashni ma'qul ko‘rishadi. Natijada aksariyat kishilar o‘zlari shug‘ullanayotgan ishdan zavq olmasliklarini tan olishadi. Ular o‘zlari doimo orzu qilgan mashg‘ulotni egallashga qo‘rqishadi. Agar siz shubhalanayotgan va nima qilishga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bu ish sizning kelajagingizga qanday ta'sir ko‘rsatishini tasavvur qiling. Xatoyingizdan pushaymon bo‘lmaysizmi? 

Siz o‘tmishdagi muvaffaqiyatlaringizga ishonasiz. Aksariyat odamlar kutilgan natijaga erishish kaliti aql, oltin medal yoki qizil diplomdan iborat deb o‘ylashadi. Baxtga qarshi, har doim ham bunday emas.
Aslida natija nafaqat siz zo‘r bergan ilovalarga balki strategik tafakkur va qanchalik g‘aroyib bo‘lmasin omadga ham bog‘liq.

Siz tanlay olmaysiz. Birinchi jiddiy sinovdan o‘tish uchun sabrli bo‘lish lozim. Oramizdagi ko‘pchilik ma'lum bir ishga kirishishadi, qiyinchilikka duch kelishadi, taslim bo‘lishadi va boshqa yumushga o‘tib ketishadi.
Barcha debochalar malaka, vaqt va kuchni talab qiladi. Ularni behuda narsalarga sarflamang. Aynan hozir eng muhim bo‘lgan vazifaga diqqatingizni jamlang.

Qaror qabul qilish qo‘lingizdan kelmaydi. Bilim va mehnatsevarlik ko‘plab eshiklarni ochadi. Afsuski, imkoniyatlar kengligi ba'zida tanlovni qiyinlashtirishga ham xizmat qiladi. Bu esa sizni mos keluvchi variant qidirish yo‘lidagi tuganmas urinishlarga yetaklashi va eng yaxshisini o‘tkazib yuborishdan qo‘rquvga solishi mumkin. Ba'zan odamlar universitetni tamomlagandan 10 yil o‘tib ham o‘zlari nima sohada faoliyat yuritishni xohlashlarini bilmasliklari mumkin.
Muhim qarorni qabul qilishdan oldin, siz uchun qiziq bo‘lgan faoliyat sohasiga tanish kishilardan maslahat oling. O‘z ishining ustalari bilan muloqotda bo‘ling, shu mavzuda kitob va maqolalar topib o‘qing.

Siz o‘zingizga ishonmaysiz. Aqlga sig‘maydi, lekin fakt: idrokli odamlar ham o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini noto‘g‘ri baholashlari mumkin. Ko‘pincha shaxsiy talabni oshirib yuborish natijasida o‘z-o‘ziga tanqid va perfeksionizm kelib chiqadi.
Bu foydali sifatlar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin aslida ular sizni ichkaridan yemiradi, kerakli kuch va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirib boradi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
8.6K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:50:14 Oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishda sizga xalal beruvchi qo‘rquvlarni yengish juda muhim. Xo'sh, bizni odatda qanday qo'rquvlar orqaga tortadi?

Noma’lumlikdan qo‘rqish. Miya bizni xavfdan himoya qilish maqsadida o‘zimizga qulay bo‘lgan holatdan chiqishimizga yo‘l bermaydi. Aynan shuning uchun biz noma’lumlikdan qo‘rqamiz va unga qarshilik ko‘rsatamiz.
Lekin hech kim bir joyda o‘tirib va hech narsa qilmasdan muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Buning uchun harakat qilish kerak. Ko‘p yurilgan yo‘llardan yurmang. Bir joyda qolib ketish qo‘rqinchli, oldinga qarab harakat qilish va biron-bir yangi narsa bilan to‘qnash kelish — bu qiziqarli. Hayot sizga taqdim qilganlaridan foydalaning. Bu sizga yangi imkoniyatlarni ochadi.

Omadsizlikdan qo‘rqish.
Bu odamlar joyidan qo‘zg‘ala olmasliklarining asosiy sabablaridan biri. Biz bu yo‘lda o‘zimizda borini ham yo‘qotishdan qo‘rqamiz. Bizni doim to‘xtatib turuvchi siyqasi chiqqan «Agar... bo‘lsa-chi?» degan savollarga berilamiz: Agar men u kabi bo‘lolmasam-chi? Agar urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-chi? Hammasidan ajralib qolsam-chi?

Omadsizlik — bu muvaffaqiyatga olib boruvchi pillapoyalarning navbatdagi pog‘onasi hisoblanadi. Va siz undan qochib qutulishingiz amri mahol. Lekin siz sanoqsiz imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaraversangiz, unda o‘zingiz har doim orzu qilgandek inson bo‘la olmaysiz. Shuning uchun ularni majburiyatdek emas balki yangi tajriba va bilimlar olish imkoniyatlari deb qabul qiling.

Muvaffaqiyatdan qo‘rqish. Bu biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin ba’zi odamlar aynan shundan qo‘rqishadi. Ba’zan biz qaysidir vazifalarni bajara olishimizni bilsak ham baribir uni qilmaymiz. Bunga sabab muvaffaqiyatlarimiz haqida boshqalarning nima deb o‘ylashi bizni bezovta qiladi. Oiladagilar yoki do‘stlar bizdan ma’lum bir harakatlar va natijalar kutishadi. Shuning uchun ularning ishonchlarini oqlay olmaslik va pand berib qo‘yishdan qo‘rqish hissi paydo bo‘ladi.

Atrofdagilar tomonidan qilinayotgan bosim haqida o‘ylamang. Va diqqat markazida bo‘lishdan qo‘rqmang, faqat shundagina siz ko‘zlagan maqsadlaringizga erisha olasiz.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
23.2K views15:50
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:11:13
IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram
25.3K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:14:36
Talabalar uchun stipendiya tanlovi!

Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Stipendiya kimlar uchun?

— Davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun

BATAFSIL MA’LUMOT

Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Batafsil ma’lumot: @Registon_stipendiya_bot

HUJJAT TOPSHIRISH
32.7K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:09:30 Yarim hazil yarim chin...

Seshanbaga motivasiya

Agar sen o‘zingni ruhan charchagan, zo‘riqqan his qilsang, ko‘chaga yugurgani chiqqin. Shunda jismoniy holating ruhiy holatingdan ham battar ahvolda ekanligini bilib olasan.

Rahmat shart emas.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
33.9K viewsedited  11:09
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:43:15 Salom, Abituriyent do'stim!

Bugun siz bilan jiddiyroq mavzuda gaplashmoqchiman. Ya'ni o'qishga kirish oliy maqsadingiz bo'lmasligi kerakligi haqida.

Iltimos, meni diqqat bilan o'qing, tinglang, his qiling. Bir narsani aytishim kerakki, men ham abituriyentlik davrimda sizdek bo'lganman va hech kim menga bularni aytmagan.

O'qishga kirish sizning asosiy maqsadingiz emas, maqsad yo'lidagi bir qadam bo'lishi kerak. Masalan, siz judayam kuchli shifokor bo'lmoqchisiz, o'qishga kirish buning vositasi. Yoki bo'lmasam siz buyuk o'qituvchi bo'lib bolalarga dars bermoqchisiz, o'qishga kirish — vosita. Xuddi shu kabi.

Bularni nega sizga aytyapman. Har birimizning ichimizda bir buyuk inson yashaydi. Har birimizning buyuk ishlarni amalga oshirgulik potensialimiz bor. Lekin biz maqsadlarni kichik qo'yamiz va... sinib qolamiz.

Faraz qiling, o'qishga kirish sizning eng asosiy maqsadingiz. Kirdingiz, keyin-chi? Bo'm-bo'sh bo'lib qolasiz. Kirolmadingiz, keyin-chi? Sinasiz!

Agar o'qishga kirishga bir vosita sifatida qarasangiz, qarshlaringiz teranlashadi, maqsadingiz aniqlashadi.

Orangizda Toshkentga o'qishga kirishni istovchilar ko'p bo'lsa kerak. Ko'p yillar ilgari men ham sizday edim. Va Toshkentga kelib angladimki, mashaqqatli kunlarim tugamagan, balki endi boshlangadi. Endi men o'zimning kuchliligimni isbotlashim, mana shu megapolisda kichik bo'lsa ham o'rnimni topishim kerak edi!

Singlim, Toshkentga kelsangiz kliplardagidek chiroyli badavlat yigit sizni sevib qolmaydi, balki shunday bo'lar, lekin buning imkoni kam.

Ukam, Toshkentda qandaydir biznes g'oya bilan bir yil ichida kuchayib ketolmaysiz. Balki shunday bo'lar, lekin bu amrimahol.

Iltimos, maqsadni yuqori qo'ying. Hech kimdan hech nima kutmang. Chiroyli shahzoda sizni sevib qolib, 2-kursda turmushga chiqib ketishni xayol qilmang, biznes boshlab 4-kursgacha uy va mashina sotib olishni xayol qilmang. Maqsad qo'ying, faqat u real va samimiy bo'lsin.

Endi boring, sizni buyuk ishlar kutyapti! Agar bunga o'zingiz ishonsangiz!

Sizning sirli do'stingiz!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
33.7K viewsedited  10:43
Ochish/sharhlash
2023-04-16 09:14:10 Xalqimizda «yuz martada yod bo‘ladi, ming martada muhr» degan naql yuradi.

Bu maqol asosli, faqat qachonki unga to‘g‘ri amal qilingan taqdirda shunday. Chunki, miya ma’lumotni muhrlashi uchun unga vaqtincha boshqa ma’lumot yuklanmay turishi lozim.

Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach, miyani dam oldirish kerakligini ta’kidlashadi. Tin olish jarayonida miya ma’lumotlarni o‘z-o‘zidan takrorlar ekan. Bu jarayon ma’lumot yodlanganidan keyin o‘rinsiz qaytarilaversa ham buziladi. Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi.

Xo‘sh, ma’lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi kerak? Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida tajriba o‘tkazib, ularga 18 ta notanish so‘zlarni yodlashni va takrorlab turishni buyuradi.

Tajribada so‘zlar 30 soniyadan keyin 14 marta qaytarilganda yaxshi samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 marta takrorlash kifoya qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo‘lgan tanaffusda ma’lumotlar qisqa muddatli xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq tanaffuslarda takrorlash miqdori ko‘payib boradi va 48 soatga yetganida 8 marta qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida xotiraga o‘rnashgan qo‘shimcha ma’lumotlar xotira quvvatini susaytiradi.

Shuning uchun har 24 soatda yodlangan so‘zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq. Matnning ko‘p jihatlari bir-biriga o‘xshashligi yodlash jarayonini qiyinlashtiradi. Agar so‘zlar majmuasi har xil qilib tuzib chiqilsa, ish osonlashadi. Misol uchun ro‘yxat tartibida yozilgan biror so‘zni eslaganingizda aqlingizga nima keladi?

Tabiiyki, uning ro‘yxatda joylashgan o‘rni. Bu xotiraning kuchiga dalolat qilmaydi. O’sha so‘zni eslash uchun bundan ahamiyatliroq jihat yo‘qligini anglatadi xolos. Shunday ekan, yod olinayotgan har bir so‘z o‘ziga xos tarzda boshqalardan ajralib turishi kerak. Ularni yozganda bir xillikdan qochib, rang yoki harf shakllari turlicha qilib tuzilsa, yodlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
16.6K viewsedited  06:14
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:00:47 #foydali

Iftorlikda nega xurmo bilan og'iz ochiladi?

Og‘iz ochish paytida qorin ochqab, badan ko‘p taom istab turgan holatda xurmo birinchi bo‘lib oshqozonga yetib borsa, miyaga to‘qlik hissini jo‘natadi. Natijada holsizlanib turgan oshqozonga yengil va tez hazm bo‘luvchi meva joylashadi.

Xurmo vitamin A, B-1,2,3,5,6,9, C, D, K, Kalsiy, temir, fosfor, ruh, natriy va marganes singari kompleks elementlarni o‘zida mujassam qilgan.
Xurmodagi kaliy miqdorining yuqoriligi bois asab tizimi o‘ziga keladi.
Ochlikning so‘nggi soatlarida qonda qand miqdori ko‘tariladi. Natijada holsizlik, dangasalik, diqqatni jamlay olmaslik kabi holatlar avj oladi. Xurmo esa qondagi qand miqdorini pasaytiradi.
Cheksiz quvvat manbasi bo‘lib, kun davomidagi charchoqdan forig‘ etadi.
Tarkibida ko‘plab foydali elementlar va vitaminlar sabab, saraton kasalligini bartaraf etadi.
Jigar faoliyatini yaxshilaydi.
O‘zi shira, glyukoza va saxarozaga boy bo‘lsa-da, qand miqdorini ko‘tarmaydi. Aksincha, tushiradi. Bir kunda to‘rt donadan iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ortiqchasi ko‘plik qiladi.
O‘pka ishlashini yaxshilaydi.
Anemiya va gipertoniyada juda foydali.
Immunitetni ko‘taradi.
Yurak faoliyatini rivojlantiradi.
Yuzdagi nerv tolalari shol bo‘lishidan saqlaydi.
1 donasi taxminan 23 kaloriyaga ega.
Ozishni istaganlar shirinlik sifatida tanovul qilsalar bo‘ladi.
Kislota balansini ushlab turadi.
Homilador va emizikli ayollarga eng yaxshi ozuqa manbasi hisoblanadi.
Stress va taranglikni kamaytiradi.
2.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:51:05
#Tezkor
9-sinf va 11-sinf imtihon javoblari tarqaldi

• Tarix
• Ingliz tili
• Biologiya
• Geografiya
• Informatika
• Jahon tarixi
• Matematika
• Oʻzbekiston tarixi

Boshqa fanlarni yuklash
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
12.6K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-04-15 06:56:38 #motivatsiya

Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, sizning ilk orzuingiz doimo yodingizda bo’lsin.

Har bir MUVAFFAQIYATSIZLIK sizni qaytadan ruhlantirmog’i lozimdir! Turing va harakatni boshlang.

Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi! Kuchli inson esa aksincha, javobgarlikni doim o’z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan yanada ojiz, kuchli inson kuchli bo’lib boradi.

Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo’q, har bir narsaning o’z sababi va yashirin sabog’i mavjud.

Muvaffaqiyat qozonuvchilar fursat kelishini kutib o’tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o’zlari qo’lga kiritib qo’ya qoladilar.

Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g’alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin, siz emas!

Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qilolmaydigan ishlarni qilishadi. Osonroq emas, yaxshiroq bo’lishiga harakat qiling.

Ba’zan sizning birgina tabassumingiz ayrim insonlarning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Hech qachon tabassumni ayamang.

Barcha yaxshi narsalar taslim bo’lmaganlarga keladi, kutganlarga emas!

Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo’l relisida uxlayotgan odamdan sira farqi yo’q!

Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, «Peshona ekanda, taqdirda shunday deb yozilgan ekan» deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizning natijasini taqdirga yuklab, qutulib qolmoqchi bo’lamiz…

Eshiklar qanchalik katta bo’lmasin, ularning KALITI bor!

Inson oldiga ikkita maqsadni qo’ya olsa, uni yo’lidan hech bir inson va hech narsa to’xtata olmaydi :
Birinchisi bu — hech qachon taslim bo’lmaslik.
Ikkinchisi — birinchisini doimo yodda saqlash.

Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o’zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
28.1K viewsedited  03:56
Ochish/sharhlash