Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2023-04-10 18:02:31
IT sohasiga qiziqasizmi ?

Unday boʻlsa, ITni Universitetda oʻrganing!

IDUda GRANT oʻqish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

Hujjatlar 13-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Universitetga kirish imtihoni 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

Doʻstim, 21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram

(Litsenziya №038673, 13.09.2022y.)
43.2K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-10 14:15:57
Videoni ayol o'qituvchilarimiz bor guruhlarga sekiiin jo'natib qo'yamiz...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
45.2K views11:15
Ochish/sharhlash
2023-04-10 00:09:05 ​​​​Baxtli hayot uchun maslahatlar!

1. O‘zing uchun pulni ayama.
2. Yoqyaptimi – ayt.
3. Bugungi kun bilan yasha: kecha o‘tdi, erta – bo‘ladimi, yo‘qmi.
4. Tushunmadingmi – so‘ra.
5. Uchrashmoqchimisan – taklif qil.
6. Nimadir xohlaysanmi – iltimos qil.
7. Bahslashmaslikka intil.
8. Tushunishlarini istaysanmi – tushuntir.
9. Aybing bormi – buni darhol ayt va oqlagani bahona izlama.
10. Unutma: har kimning o‘z haqiqati bor va u ko‘p ham sening haqiqatingga mos kelavermaydi.
11. Ahmoqlar bilan muloqotdan chetlan.
12. Hayotda eng muhimi – mehr, qolganlari – arzimas ishlar.
13. Insonning muammolari faqat uning ongidadir.
14. Atrof-olam yovuz ham, mehribon ham emas, bormisan, yo‘qmisan – unga baribir.
15. Har bir voqeadan zavq olishga harakat qil.
16. Doimo yodda tut: hayot bir marta berilgan.
17. Ezma bo‘lma.
18. Televizor ko‘rma, yo‘qsa uloqchaga aylanib qolasan.
19. Unutma, hech kimning oldida tiling qisiq emas.
20. Unutma, hech kim sening oldingda tili qisiq emas.
21. Siyosat bilan shug‘ullanma, u odamlarni yovuzlashtiradi.
22. Doimo faqat o‘z kuchingga ishon.
23. Va’dalarga emas, hissiyotlaringga tayan.
24. Ayollarga bolalarga bo‘lganidek sabr va xayrixohlik bilan muomalada bo‘l.
25. Ayollarni aya – ularga yashash qiyinroq.
26. Kayfiyating yomon bo‘lsa, esga ol: o‘lganingda shu ham bo‘lmaydi.
27. Tushun: buguning sen uchun hayotingdagi eng yaxshi kun!

Yaqinlaringizga ulashib qo'ying!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
51.0K views21:09
Ochish/sharhlash
2023-04-09 22:46:59
20.000 ishtirokchi qatnashgan test yakunlandi! Natijalar bilan tanishing

Respublika miqyosida 9-mart kuni OLIYGOH.UZ platformasida DTM standartida tashkil qilingan 34-DIAGNOSTIK IMTIHON umumiy reyting natijalari bilan tanishing!

Bu safargi imtihonda 20 mingdan oshiq abituriyentlar ishtirok etdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Natijalar ro'yxati: https://oliygoh.uz/dtm-test/respublika-diagnostik-imtihon-34?results=1

Ishtirok etgan barcha abituriyentlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'zlarining natijalarini ko'rishlari, yo'nalishlar bo'yicha mandatlarga ega bo'lishi, javoblarning tahlillari olishlari mumkin:

Natijalar tahlilini ko'rish

— Hurmatli abituriyentlar, hech qachon harakatdan toʻxtamang, chunki gʻalaba - tinimsiz mehnat natijasidir.

Muvafaqqiyatlaringiz davomiy bo'lsin.
1.2K views19:46
Ochish/sharhlash
2023-04-09 19:20:27
IMTIHON DAVOM ETMOQDA

Bugun
Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosida tashkil etilgan 34-Diagnostik imtihon 23:59 da yakunlanadi.

SOVRIN: 700 ming so'm

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling!

Shoshiling!

ISHTIROK ETISH

Testda qatnashish:
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
17.0K views16:20
Ochish/sharhlash
2023-04-09 18:02:18
IMTIHON BOSHLANDI

OLIYGOH.UZ platformasida abituriyentlar uchun barcha fanlardan Respublika miqyosida 34-DIAGNOSTIK IMTIHON boshlandi.

Umumiy sovrin:
700 ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling!

Tezroq ro'yxatdan o'ting va haqiqiy imtihon ruhiyatini his qiling!

Testda qatnashish:
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
25.3K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:20:00 Hammangizga ushbu she'rni baralla aytib yurish nasib qilsin:

Oʻqishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandaasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulugʻ, 
Boʻlsa hamki chontak quruq, 
Dilda gʻurur, dilda surur, 
Handon erur talaba. 

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon boʻm boʻsh pul tamom deb, 
Baʼzan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
Gʻamga botmay ishlat miya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yoʻlingni bur talaba. 

Boʻlmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa starsta. 
Oʻz bilganingdan qolmasang ham, 
Xop-xop deb tur talaba. 

Togʻlar boshi qorsiz boʻlmas, 
Talaba degan semiz boʻlmas. 
Chunki hech vaqt qorni toʻymas 
Rost gap shudir talaba.
 
Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yiglar, 
Shoʻring qurur talaba. 

Zachyot dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir gor talaba. 

Oʻynashmagin domla bilan, 
U seni yenga bir hamla bilan. 
Semestrning oxirida, 
Oʻzingdan koʻr T A L A B A!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
57.3K viewsedited  07:20
Ochish/sharhlash
2023-04-09 08:20:50Bugun abituriyentlar uchun onlayn test. Yutuqqa 700.000 qo'yilgan!

Talabalar ham qatnashishi mumkin

( Agar kallada nimadir qolgan bo'lsa)

Bugun, 9-aprel kuni Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 34-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Yutuq fondi: 700.000 so'm
G'oliblar soni: 14 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
54.4K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-04-09 04:01:01 Erishib bo‘lmaydigan 5 ta maqsad

Har qanday masalaga yechim topish mumkin, har qanday natijaga erishish mumkin. Faqat buning uchun maqsadni to‘g‘ri qo‘ya olish, maksimal kuch sarflash lozim va albatta, natijalar ham kuttirib qo‘ymaydi. Ko‘p hollarda bu yordam beradi. Ammo hayotda butunlay erishib bo‘lmaydigan shunday maqsadlar borki, ularga vaqtingizni, pulingizni, kuchingizni sarflash yaramaydi.

№1: “Hammani baxtli qilishim kerak” 

Haqiqat shundaki, buni amalda bajarib bo‘lmaydi. Har bir individ o‘z holati, baxtli yoki baxtsizligi uchun o‘zi javobgar. Bunday istak ko‘pincha qarama-qarshi jins vakili bilan munosabatlarda aks etadi. Ehtimol, siz juftingiz bilan munosabatlarda ham hissiy, ham moddiy jihatdan ko‘p hissa qo‘shgandirsiz. Siz doim boringizni baxsh etib, evaziga norozilik va mahzun qiyofaga duch kelgandirsiz. Bu holat sizga tanishmi?

№2: “Men mukammal bo‘lishim kerak”

Va nihoyat muvaffaqiyatga erishish kalitini topdik! Buning uchun muakammal bo‘lish va xato qilmaslik kerak, xolos. Haqiqatan ham, muvaffaqiyatga erishgan odamlar shunday mukkammal zotlarki, ular bilan hech qanday ko‘ngilsizlik va janjallar ham bo‘lmaydi! Umid qilamizki, bu gaplardagi istehzoni tushundingiz. 

№3: “Mening hamma loyihalarim muvaffaqiyat bilan yakunlanishi kerak”

Erishib bo‘lmaydigan bu maqsad avvalgisiga yaqin. Aslida, sizni xatolaringiz uchun tanqid qilishlaridan qattiq qo‘rqasiz. Bizni harakatsiz qilib qo‘yadigan ikki katta qo‘rquv bor: muvaffaqiyatsizlikka uchrash yoki tanqid eshitish. Tan oling, bir bor bo‘lsa ham, shu fikrga borgansiz: “Yangi ishda o‘zimni sinab ko‘rsam, do‘stlarim nima deb o‘ylaydi? Agar qo‘limdan kelmasa nima bo‘ladi?”. Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishni bas qilsangiz va atrofdagi odamlarning fikriga qaramlikdan xalos bo‘lsangiz, hayotingiz qay darajada o‘zgarib ketishini tasavvur qilavering. 

№4: “Qo‘ygan maqsadlarimga 25, 30, 40, 50, 60 yoshgacha erishishim kerak”

Ko‘pincha maqsad – amalga oshish muddati aniq ko‘rsatilgan orzu, degan gapga duch kelamiz. Natijada “25 yoshimgacha uy qurishim kerak, 30 yoshlarimda farzandli bo‘lishim kerak”, kabi shiorlar bosimi ostida yashaymiz. Real hayotda maqsadga erishish o‘ylaganimiz yoki belgilaganimizdan ikki karra ko‘proq vaqtni oladi. Muddat kelib qolib, odam hech narsa o‘zgarmaganini tushunganida esa hafsalasi pir bo‘ladi va o‘zini omadsiz deb hisoblaydi. Shuni bilib qo‘yingki, bu kabi muddatlar, aslida, bizni hech narsaga majburlamaydi.  

Hayotingizda o‘ylagan rejalaringiz amalga oshmayotgan bo‘lsa, sarob va ilojsiz maqsadlar ortidan quvishni bas qiling. Sizni baxtli qiladigan aniq maqsadlarni qo‘ying.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
47.3K views01:01
Ochish/sharhlash
2023-04-08 18:30:57 #ibrat

Bir maktabda “Dunyoning yetti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi.

Oʻquvchilarga nimani moʻjiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi.

Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi. Oʻqituvchi: “Senga koʻmaklashvoraymi, qizim?” deb soʻradi undan. Qizcha: “Dunyoda moʻjizalar shunaqangi koʻpligidan qaysi birini tanlashni bilmay koʻp oʻylandim”, deb javob berdi. Shunda ustozi: “Qani, tanlaganlaringni oʻqib ber-chi”, dedi unga. Qizcha birmuncha vaqt ikkilanib turdi-da, soʻng oʻqishga kirishdi:

“Men uchun dunyoning yetti moʻjizasi:

1. Koʻrish.

2. Eshitish.

3. Harakatlanish.

4. Anglash.

5. His qilish.

6. Kulish.

7. Yaxshi koʻrish”.

Butun sinfga sukunat choʻkdi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
47.1K views15:30
Ochish/sharhlash